So’nggi yangiliklar

08:48Ҳусниддин Алиқулов фаолиятини бошқа жамоада давом эттириши мумкин  0 08:20`Алижонов "Пахтакор"да қолиш учун йирик битимни рад этди  7 02:59Ла Лига. "Атлетико" меҳмонда "Реал Сосьедад"га қарши ўйинда очко йўқотди  3 02:51А Серия. "Интер" ўз майдонида "Болонья"ни мағлуб этди  1 02:44Лига 1. ПСЖ дербида "Париж"ни мағлуб этди  2 02:10Африка кубоги. 1/8 финал. Камерун ЖАРни мағлуб этди, Марокаш Танзаниядан устун келди  1 00:58Тео Эрнандес А Серияга қайтиши мумкин  0 00:30АПЛ. "Ман Сити" "Челси"га қарши ўйинда 90+4 дақиқада тўп ўтказиб юборди ва ғалабани бой берди, Ҳусанов 51-дақиқада захирадан ўйинга қўшилди  44 23:24Винисиус 18 та ўйиндан бери гол уролмаяпти. Охирги гол октябрь ойининг биринчи ярмида киритилган  2 22:40АПЛ. “Ньюкасл” “Кристал Пэлас”ни, “Брентфорд” “Эвертон”ни мағлуб этди, “Тоттенхэм” эса ўз уйида “Сандерленд”ни мағлуб эта олмади  1 22:30АПЛ. "Фулхэм" "Ливерпул"га қарши ўйинда 90+4 дақиқада ўтказиб юборилган голдан сўнг 90+7 дақиқада тўп киритиб, ҳисобни тенглаштирди  15 22:15Ла Лига. "Реал Мадрид" ўз уйида "Реал Бетис"га 5 та гол урди  51 21:44"Челси" "Астон Вилла" юлдузи учун катта таклиф тайёрламоқда  3 20:53"Реал"га Бернарду Силвани таклиф қилишди. "Қаймоқранглилар”нинг бунга жавоби маълум  2 20:10АПЛ. "Манчестер Юнайтед" "Лидс"ни мағлуб эта олмади  20

Xose Mariya Mendez: "Oldin Eron finalga chiqib olsin" Yangiliklar

Xose Mariya Mendez: "Oldin Eron finalga chiqib olsin"

Osiyo chempionati yarim finalidan o'rin olgan O'zbekiston - Tailand uchrashuvidan keyingi matbuot anjumanida Xose Mariya Mendez qatnashdi.
“Tailandga qarshi o'yin qiyin o'tishini bilardik. Biz Jahon chempionatiga chiqib bo'lgach o'zimizdan bosimni olib tashladik. Himoyada yaxshi o'ynadik, ammo hujumda o'yinimiz chiqmadi. Bizning terma jamoamizga omad ham yordam berdi. Bugun ikki ajoyib jamoa o'rtasidagi o'yinda biz g'alaba qozondik”, - deydi Xose Mariya Mendez.

- Hujumda o'yin borasida ko'p noliysiz. Finalda masalan Eron tushib qolsa yaxshi o'ynay olamizmi?
- Oldin Eron finalga chiqib olsin (kuladi) (Zalda qarsaklar, - muallif). Agar jiddiy aytadigan bo'lsak finalda raqib ko'p bo'lishidan qatiy nazar biz maydonga faqat lazzat olish uchun tushamiz. Bizning elkamizda katta masuliyat yo'q. Bugungidek yaxshi o'ynashimiz kerak, agar hal qiluvchi bahsda himoyada harakat qila olsak raqibga ham oson bo'lmaydi.

- Pley-off bosqichida jamoaingiz yanada erkinroq o'ynadimi?
- Bunga qo'shilaman. Tailand bilan o'z o'yinimizga yaqinroq o'ynay oldik. O'ynovchi darvozabon yordamida gol urdik.

- Feruz Faxriddinov va Klim Tyugaev bugun maydonga tushishmadi. Ular penaltilar seriyasiga tayyorlanganmidi?
- Klim Tyugaev penaltilar va 10 metrli jarima zarbalarida mutaxassis hisoblanadi. Aslida Davron CHoriev tepishi kerak edi, ammo Feruz o'ziga ishonib to'p yoniga yaqinlashdi.

- Bugun SHlyoma va SHaripov maydonga tushishmadi. Bundan tashqari Irsaliev ham sariq kartochka olib finalni o'tkazib yuboradigan bo'ldi. Finaldan oldin yo'qotishlar ko'p emasmi?
- Ularning barchasi finalga tayyor bo'lishadi. Irsalievning guruhda olgan sariq kartochkasi kuyib ketdi, shu bois u ham finalga tayyor bo'ladi. SHunchaki o'yinimiz yaxshi ketayotgani uchun qolgan o'yinchilarni tushirmadim. SHlyoma va SHaripovda hech qanday sog'ligi bilan muammo yo'q va hal qiluvchi bahsga tayyorlar. SHaripov o'yin boshida o'zini almashtirishlarini so'radi.
Reyting: +34   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика