

Uchrashuvdan so'ng terma jamoamiz bosh murabbiyi Xose Mariya Mendez o'z fikrlarini bildirib o'tdi.
"O'yinda ko'plab vaziyatlarga ega bo'ldik. Bu natijadan havotirga tushganim yo'q. Tojikiston ham ajoyib jamoa.
Yig'inni boshlaganimizdan keyingi ilk o'yinni o'tkazdik. Bungacha uzoq vaqt davomida o'yin o'tkazmagandik. Tojikistonga qarshi yana ikkita o'yinimiz bor. Umid qilamanki, navbatdagi o'yinlarda natija ham ko'ngildagidek bo'ladi", - deydi Mendez.



