So’nggi yangiliklar

17:36"Бухоро" – "Шўртан" учрашуви нейтрал майдонда ўтади  1 17:15Breaking! Ўринбоев фаолиятини Бельгияда давом эттиради  10 17:09Клублар ўртасидаги ЖЧ-2025. 1-турнинг барча натижалари битта саҳифада  1 16:56"Бунёдкор" пенальтилар сериясига кўра ғалаба қозониб, "Қўқон-1912"ни мусобақадан чиқариб юборган баҳсдан ГАЛЕРЕЯ  0 16:38Расман: Футзал Олимпия ўйинларига киритилди  1 16:21Ўзбекистонда ёзги трансфер ойнаси қачон очилади?   11 16:15ЦСКА собиқ ҳужумчиси қамоқдан озод этилди  0 15:47"Футбол олами". "Динамо", "Бунёдкор" ва "Шўртан" дастлабки чорак финалчилар  0 15:39Гвардиола: "Кейинги учрашувда 10 нафар янги ўйинчи майдонда бўлади..."  4 15:15"Ливерпуль" швециялик ҳужумчи учун 100 млн фунт таклиф қилмоқчи  4 14:46"Ал Ҳилол" Рафаэл Леауни нишонга олди  2 14:20Факт: "Хоразм" 21-асрда меҳмонда "Сўғдиёна"ни ютмаган  2 13:55"Милан" собиқ ҳимоячиси "Юве Стабиа" бош мураббийига айланди  0 13:25Куртуа "Ал Ҳилол" билан дуранг бўйича тушунтириш берди  2 12:58"Хоразм" – "Навбаҳор" ўйини қаерда ўтади?  3

Xose Mariya Mendez: "Bunday muxlislikni 20 yillik faoliyatimda ko'rmaganman" Yangiliklar

Xose Mariya Mendez: "Bunday muxlislikni 20 yillik faoliyatimda ko'rmaganman"

Osiyo chempionati finalidan o'rin olgan O'zbekiston - Eron uchrashuvidan keyingi matbuot anjumanida Xose Mariya Mendez qatnashdi.
“Eron terma jamoasiga qarshi o'ynash mumkinligini ko'rsatib bera oldik. Balki biz bugun nimalarga erishganimizni va qaysi bosqichda o'ynaganimizni anglab eta olmayotgandirmiz. Keyinroq buni tushunib etarmiz. Turnir davomida biz kuchli raqiblar bilan o'ynadik, Eron esa o'zidan kuchsiz bo'lgan raqiblarni mag'lub etdi. Bugun tezkor o'yin namoyish eta olmagandirmiz. Bugun muxlislarni alohida takidlab o'tgan bo'lardim. Qaytaraman, 20 yillik murabbiylik faoliyatimda bunday muxlislikni ko'rmaganman. Ularga katta rahmat aytaman”, - deydi Xose Mariya Mendez.

- Uchrashuv tugagach Jahongir Usmonov bilan uzoq suhbatlashib turdingiz. Sir bo'lmasa nimalar haqida gaplashdingiz?
- Faqat o'yin haqida gaplashdik. Ikkala golni ham konsentraciyani yo'qotib qo'ygan paytda o'tkazib yuborganimizni muhokama qildik.

- Musobaqani sekin boshlab har bosqichda kuchayib bordinglar.
- Agar Eron terma jamoasini 10 daqiqada to'xtata olsak raqib sarosimaga tushib qolishini bilardik. Ular dastlabki 5 daqiqada gollar urib o'yin taqdirini hal qilib qo'ygandi. Bugun imkon qadar kam xato qilish va gol o'tkazmaslikka harakat qildik. Ikkinchi gol o'tkazilgan vaziyatda shogirdlarim bir necha soniyaga bo'shashishdi. Bundan raqib unumli foydalanib ketdi.

- Tailand murabbiyi hakamlar tayinlanishi va musobaqa taqvimini tanqid qildi. Sizning fikrlaringiz qanday?
- To'g'risi men hakamlarning qanday tayinlanishini bilmayman. Bunga aralashmayman ham. Ular o'z ishini bajarishdi. Birinchi navbatda Jahon chempionatiga chiqish borasida taqvim adolatli bo'ldi. O'tgan Osiyo chempionatida chorak finalda kichik hisobda yutqazgan jamoalar beshinchi yo'llanmaga ega bo'lgandi. Bu musobaqada esa adolatli taqvim bo'ldi. Pley-offda kim kuchli bo'lsa o'sha g'olib bo'ldi.

Narzulla Saydullaev
Reyting: +63   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика