So’nggi yangiliklar

10:45Раҳимжон Давронов: “Ажойиб муҳит бўлади. Шу томонлама менга қизиқ ва ёқимли бўляпти”  0 10:18"Манчестер Сити" АПЛнинг энг қиммат ҳимоячиларидан бирини сотиб олмоқчи  6 09:51"Локомотив" яна бир собиқ футболчисини ортга қайтаришга яқин  2 09:23"Сурхон" U-21 чемпионати тўпурари билан шартнома имзолади  4 08:57Виталий Левченконинг навбатдаги жамоаси деярли аниқ  6 08:30Расман. Гвардиол узоқ муддатга сафдан чиқди  10 08:04Алижоновнинг трансфери нима учун барбод бўлди?  10 07:45Суперлигадаги трансферлар бир саҳифада  36 02:17Африка Миллатлар Кубоги. Осимхендан дубль, Лукмандан "гол+пас": Нигерия Мозамбикни тор-мор этди  4 01:13"Андижон" Абдуманнопов билан шартномани узайтирди  3 01:06"Челси" янги устози номи маълум. У шанба куни жамоани майдонга бошлаб тушади  5 00:14Африка Миллатлар Кубоги. Салоҳ гол урди, Миср эса қўшимча таймларда Бенин тўсиғидан ўтди  0 23:42"Барселона" "Ал Ҳилол"дан Канселуни сотиб олишга яқин  1 23:19Эндрик "Реал"даги ўйин амалиёти йўқлиги ҳақида: "Бу ҳаётимдаги энг яхши олти ой бўлди, уй қуришга улгурдим"  3 22:55Сульшер МЮга вақтинчалик мураббий сифатида қайтишга тайёр  14

Xose Mariya Mendez: "Birinchi bo'limda juda yomon o'ynadik" Yangiliklar

Xose Mariya Mendez: "Birinchi bo'limda juda yomon o'ynadik"

Teglar :  Futzal
O'zbekiston - Saudiya Arabistoni uchrashuvdan so'ng tashkil etilgan matbuot anjumanida Xose Mariya Mendez qatnashdi.
“Dastlabki 25 daqiqada Saudiya Arabistoni bizdan yaxshi o'ynadi. Yakuniy natija meni qoniqtirdi. Ammo dastlabki 25 daqiqada Saudiya Arabistoni bizdan yaxshi o'ynaganini tan olaman. Agar ular birinchi bo'limda gol urishganida o'yin umuman boshqacha kechishi mumkin edi. Birinchi bo'limda juda yomon o'ynadik. Raqib kuchli harakat qildi. Ikkinchi bo'limda himoyada tartibli o'ynashni boshladik va gollar urdik. Saudiya Arabistoni safida ikki nafar kuchli futzalchi bor. Agar musobaqada yaxshiroq natijaga erishishni istasak mana shunday o'ynashimiz kerak. O'z o'yinimizni yaxshilab borishimiz kerak", - deydi Xose Mariya Mendez.

- Futzalchilarda uchrashuv boshida ruhiy bosim bo'lmadimi? Yakuniydan bitta oldingi pas ham aniq bo'lmayotgandi?
- Saudiya Arabistoniga qarshi bahsda paslar bo'yicha katta muammolar bo'ldi. 13ta pasda xatolik yuzaga keldi. Bu kechirilmaydigan holat. Raqib yaxshi o'ynagani uchun shunday bo'ldi. Stadion to'la ishqibozlar oldida, Jahon chempionatiga chiqish masuliyati turibdi. Balki yigitlarda bosim bo'lgandir. Lekin o'yin boshida biz yomon o'ynadik, buni inkor qilib bo'lmaydi.

- Qirg'izistonga qarshi o'yinda ishqibozlarning bosimini qanday engib o'tmoqchisizlar?
- Stadion to'lishi doim yoqimli. Yutamizmi yoki yutqazamizmi stadion tribunalari to'la bo'lsa ajoyib. Keyingi o'yinlarda ham muxlislar kelib bizni qo'llab turishlarini istardim. 2014 yilgi Osiyo chempionatida Qirg'iziston bilan 2:2 hisobida durang o'ynagandik. Demak bahs og'ir kechadi. Jahon chempionatiga chiqishni istar ekanmiz barcha o'yinlarda yutishimiz shart.

- Bugun jamoa safida barcha ko'rsatmalarni bajargan futzalchi sifatida kimni ayta olasiz?
- Birinchi bo'limda barcha yomon o'ynadi. Tanaffusda barcha yigitlarga o'yinimiz o'xshashi kerakligini aytdim. Tarkibimizda super yulduz yo'q. Qaysidir o'yinchi yaxshi o'ynadi deb aytmagan bo'lardim. Ikkinchi bo'limda men gol urishni istayotgan jamoani ko'rdim.

- Hisobga olinmagan gol borasida nima deya olasiz?
- Men videoni ko'rdim. Gol haqiqiy edi. Hakamlar esa to'p darvoza yonidan o'tib ketdi deb hisoblashdi. Ammo xursand bo'ladigan tomoni bu gol o'yinga tasir qilmadi. Bu ataylab qilingan deb o'ylamayman.

- Nodir Eliboevning sport formasi borasida nima deya olasiz?
- Menimcha u yomon o'ynamadi. Ikkinchi bo'limda eng yaxshi futzalchilardan biri bo'ldi. Bazi futzalchilarimiz esa o'z o'yinlarini ko'rsata olishmadi.

- Dastlabki beshtalikda Dilshod Rahmatovning o'rniga Davron CHorievni qo'ysa bo'lmaydimi? CHoriev akasiga qaraganda chaqqonroq.
- Menimcha ularni almashtirish to'g'ri emas. CHoriev qanotlarni almashtirib o'ynaydi. Rahmatov esa bir qanotda harakat qiladi. 22 yoshli Davron ikkinchi bo'limda eng yaxshilardan biri bo'ldi. Yashirmayman o'rtoqlik uchrashuvlarida xuddi shu tajribani sinab ko'rganmiz.

Narzulla Saydullaev
Reyting: +2   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика