Xose Enrike: "Ronaldu o'zini Xudo deb biladi"
11 apr 2022 22:47
Yangiliklar


Xose Enrike: "Ronaldu o'zini Xudo deb biladi"
"Liverpul"ning sobiq himoyachisi Xose Enrike MYU futbolchisi Krishtianu Ronaldu haqida gapirdi.
"Manchester Yunayted" forvardi APLning 32-turida mankunianliklarning mag'lubiyatidan so'ng (0:1) autizm va disprakciya bilan kasallangan "Everton"ning 14 yoshli muxlisining telefonini sindirib tashladi. Keyinroq portugaliyalik hujumchi instagram sahifasida undan uzr so'radi.
"Men har doim uni yoqtirmasligimni aytganman. U o'zini Xudo deb biladi va xohlagani qiladi.
Bu uning tarixdagi eng yaxshi futbolchilardan biri ekanligiga putur etkazmaydi. Lekin inson sifatida uni yoqtirmayman", - deb yozdi Xose Enrike tvitter sahifasida.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar