So’nggi yangiliklar

01:15"Қизилқум" ўз футболчиси билан шартномани узайтирди  0 00:25“Навбаҳор”: Бенжамин Тейди билан шартнома узайтирилди  0 23:58"Динамо" Фрайдей билан хайрлашди  1 23:31АПЛ. "Манчестер Юнайтед" меҳмонда "Астон Вилла"га мағлуб бўлди  23 23:24Бундеслига. Сенсация қайд этилмади, "Бавария" меҳмонда йирик ғалабага эришди  0 23:01"Навбаҳор" Мирсаидов билан шартномани узайтирди  2 22:50"Бухоро": Александр Хомяков билан ҳамкорлик давом эттирилади  6 22:28Ла Лига. "Барселона" меҳмонда "Вильярреал" устидан ишончли ғалабага эришди, мезбонлар ўйинчиси 39-дақиқада майдондан четлатилди  78 21:41Флорентино Перес Клоппни "Реал"ни бошқаришга кўндирмоқчи  11 21:00Мастантуоно “Реал”дан кетиши мумкин?!   2 20:08БАА Про лигаси. "Ал Батаэҳ" 5 та гол урилган ўйинда ўйинда мағлубиятга учради, Ғаниевдан ассист  4 19:55Ла Лига. "Атлетико" меҳмонда "Жирона"ни йирик ҳисобда мағлуб этди  1 19:01ОФК Миллатлар лигаси ташкил этилмоқда  21 18:32Мауро Икардига Ла Лиганинг икки клуби даъвогарлик қилмоқда  4 17:58"Реал" "Бавария" юлдузини ўз сафига қўшиб олмоқчи. Мадридликларнинг бу борада икки рақиби бор  1

"Xorvatiyalik Messi" - Alen Halilovich hozir qaerda? Yangiliklar

"Xorvatiyalik Messi" - Alen Halilovich hozir qaerda?

Bir paytlar muxlislarning diqqat markazida bo'lgan, ammo so'nggi paytlarda katta sahnadan biroz chekingan futbol kishilari haqida malumot beruvchi ruknimiz davom etadi.

BAA yashil maydonlarida o'tkazilgan 2013 yilgi kichik mundial (17 yoshgacha bo'lgan o'smirlar o'rtasidagi) yodingizdami?

Dilshod Nuraliev boshchiligidagi terma jamoamiz o'sha musobaqaning guruh bosqichida Marokash, Xorvatiya hamda Panama termalariga qarshi kurashgan. O'smirlarimiz 3-turda Xorvatiya termasini 2:1 hisobida taslim qilishgan edi. O'sha bahsda xorvatlarning yagona goliga mualliflik qilgan Alen Halilovich ko'plab ekspertlar tomonidan jahon futbolining bo'lajak yulduzi sifatida etirof qilingan.


10-raqamda to'p tepadigan chapaqay o'yinchi "yangi Messi", "xorvat Messisi" singari laqablarni olganida endigi 17 yoshga qadam qo'ygan edi. "Dinamo" (Zagreb)ning umidli vakili kelasi yil "Barselona"ga transfer qilindi. O'shanda katalon klubi 18 yoshli Alen uchun 5 mln evro to'lagan. Biroq, Halilovichning yoshi ulg'aygan sari darajasi tushib bordi. "Ko'k-anorranglilar" tarkibida o'z o'rnini topomagach, Bundesligaga ko'chib o'tdi. "Gamburg"dagi omadsiz 2 yildan keyin "Milan"ga keldi. "Rossonerilar" tarkibida 1,5 yil harakat qilib "kesakdan olov chiqarolmagan" yarim himoyachi CHempionshipga ko'chib o'tdi.

U bugungi kunda "Birmingem Siti" jamoasi sharafini himoya qilmoqda. Malumot uchun, CHempionshipning o'tgan mavsumida 784 daqiqa o'ynagan Halilovich faqat 1 marta raqiblari darvozasiga yo'l topgan. Demak, mutaxassislarning 8 yil oldingi taxminlari o'zini mutlaq oqlamadi.

"Nasaf"ga OFK kubogini olib bergan Anatoliy Demyanenko hozir qaerda?

Muallif :
Reyting: +14   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика