So’nggi yangiliklar

01:00Жавоҳир Илёсов: "Бугун 18 ёшга тўлдим. Ҳар доим оиламдагилар биринчи табриклашади"  0 00:40Миржалол Қосимов: "Руминия ва Молдова клубларига қарши ўйнашни истамайман. Жамоани 13 нафар футболчи тарк этди"  0 00:21"Ғазалкент" "Динамо-2"ни мағлубиятга учратган ўйиндан ФОТОГАЛЕРЕЯ  0 00:15А Серия. "Наполи" ўн киши бўлиб 90+5 дақиқада гол урган ҳолда "Женоа"ни мағлуб этди  1 23:38Конате “Реал”га ўтадими?  1 22:39Ўртоқлик ўйинлари. “Хоразм”, “Нефтчи”, “Сурхон”, “Бухоро” ва “Қизилқум” Анталияда хориж клублари билан ўйинлар ўтказишди  1 22:12Ла Лига. "Барселона" ўз уйида "Мальорка"ни йирик ҳисобда мағлуб этди  44 22:07АПЛ. "Арсенал" ва "Челси" рақибларига 3 тадан гол урди, "Астон Вилла" эса яна очко йўқотди  5 21:27Ўртоқлик ўйини. “Пахтакор” “Қайрат” билан дуранг ўйнади  5 21:03Ўртоқлик ўйини. “Локомотив” Чехия жамоаси билан дуранг ўйнади  4 20:30БАА Про лигаси. Ўзбек дербисида Абдуллаев жамоаси Шукуров ўйнаётган "Бани Яс"ни мағлуб этди  0 20:10Футзал бўйича Осиё кубоги финали. Эрон пенальтилар сериясида Индонезияни мағлуб этиб, 14-бор бош совринни қўлга киритди  15 19:26АПЛ. МЮ "Тоттенхэм"ни ишончли ҳисобда мағлуб этди, "шпорлар" 29-дақиқада ўн киши бўлиб қолишди  46 18:50Ўртоқлик ўйини. “Ғазалкент” Россия жамоасини мағлуб этди  3 18:34"Челси" форварди "Вильярреал"га ўтиши мумкин  0

Xorvatiya bosh murabbiyi: “O'zbekiston jiddiy raqib” Yangiliklar

Xorvatiya bosh murabbiyi: “O'zbekiston jiddiy raqib”

Malumki, BAAda 17 yoshgacha futbolchilar o'rtasidagi jahon chempionatida ishtirok etayotgan O'zbekiston o'smirlar terma jamoasi guruhdagi oxirgi o'yinni Xorvatiyaga qarshi o'tkazadi.
Panama ustidan qozonilgan g'alabadan so'ng xorvatlar uch ochkoga ega bo'lishdi. Bizning hisobimizda esa to'rt ochko bor. Bundan ko'rinib turibdiki, 24 oktyabr kungi bahs o'ta shiddatli kechadi. Bu borada xorvatlar bosh murabbiyi Ivan Gudaljning fikri quyidagicha bo'ldi:

- Panamaga qarshi o'yinni yutib olganimiz yaxshi bo'ldi. Hozir bizda uch ochko bor va bu hol futbolchilarning ruhiyatini ko'tarishi shubhasiz. Panama qarshilik ko'rsatishga harakat qildi, biroq biz qarab turmadik va aytishim mumkin, raqib ustidan haqli g'alabaga erishdik.

- Jamoangiz navbatdagi bahsni O'zbekiston o'smirlariga qarshi o'tkazadi.
- O'ylaymanki, bu o'yin o'ziga yarasha keskin kechadi. Menga O'zbekistonning o'yini yoqyapti va ularni jiddiy raqib deb o'ylayman. Faqat hozircha bu jamoaning kuchli va kuchsiz tomonlari xususida bir narsa deya olmayman.

- Panama ustidan qozonilgan g'alaba O'zbekiston bilan kechadigan o'yinga o'z tasirini ko'rsatadimi?
- Tasir ko'rsatishi tabiiy, chunki g'alaba har doim futbolchilarni ruhlantiradi. Lekin masalaning boshqa tomoni bor, biz Panamani mag'lubiyatga uchratishimizni kutgandik, chunki ular O'zbekiston yoki Marokash kabi kuchli emas. Agar oxirgi turda o'zbekistonlik o'smirlarni mag'lub etsak, ochkolarni oltitaga etkazib guruhdan chiqamiz. SHunday ekan, faqat g'alaba qozonmoqchimiz.

Xayrulla Xoliqov.
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика