So’nggi yangiliklar

00:04Александр Хомяков: "Ҳар қандай жамоа кутилмаган сюрприз тайёрлаб қўйиши мумкин"  4 23:54"Ланс" назорат ўйинида "Версал"ни мағлуб қилди. Абдуқодир Ҳусанов бир тайм ўйнади  0 23:40Ўзбекистон Кубоги 1/4 финал. "Сўғдиёна" - "Навбаҳор" 2:3, Сайфиев сўнги дақиқада майдондан четлатилди  3 23:32Жамшид Саидов кубокдаги йирик мағлубиятдан сўнг: "Асосий мақсадимиз чемпионат ўйинларига қаратилган"  6 23:15Тимур Кападзе Париждаги ташкилотчилик ҳақидаги гаплари нотўғри талқин қилинаётганини айтди  18 22:50Ўзбекистон Кубоги. Жиззахдаги йил ўйинида "Навбаҳор" "Сўғдиёна"ни ютди ва ярим финалга чиқди  96 22:20Ўзбекистон кубоги. "Қизилқум" – "Андижон" 0:3. Highlights  1 22:00"Андижон" "Қизилқум" устидан йирик ғалаба қозониб, Ўзбекистон кубоги ярим финалига йўл олди!  22 21:35Ўзбекистонлик футболчи ўртоқлик ўйинида "Атлетико Мадрид" дарвозасига гол урди  7 21:10"Ал Насср" "Манчестер Юнайтед" вингерини сотиб олишни жиддий мақсад қилди  1 20:47УЕФА Родри ва Моратани жазолади!  1 20:28"Норвич" "Манчестер Сити" ҳимоячисини ижарага олди  0 20:01Ибрагимович "Милан"даги вазифаси ҳақида маълумот берди  1 19:39Фонсека "Милан"нинг кейинги мавсумдаги мақсадини айтди  1 19:18Ўзбекистон Кубоги. "Қизилқум" – "Андижон". Таркиблар маълум  4

Xorijlik posbonlar ishonchni qay darajada oqladi? Yangiliklar

Xorijlik posbonlar ishonchni qay darajada oqladi?

Bu yilgi chempionatimizda faoliyat olib borgan xorijlik posbonlar soni 5 nafarni tashkil etdi.

Katta ehtimol bilan kelasi mavsum legioner darvozabonlar ishtirok eta olmaydi. Xo'sh, mavsum-2015dagi chet ellik golkiperlar ishonchni qay darajada oqladi? Quyida shu haqda so'z yuritamiz.

Evgeniy CHeremesin – “Neftchi”
Farg'onaliklar qishki yig'in chog'ida o'zlari uchun mamlakatimizdan munosib darvozabonni topa olmagach, rossiyalik Evgeniy CHeremesinni taklif qildi. Andrey Fyodorov ushbu posbonning imkoniyatlarini juda yaxshi bilgani bois, u “Rubin”ning sobiq darvozabonini qo'rqmasdan “Neftchi”ga olib keldi. Bungacha jarohatdan keyin asta-sekin o'zini tiklab borayotgan va shu bilan birga kam o'yin amaliyotiga ega bo'lgan darvozabon “Neftchi”ga kelgach, o'z ustida tinimsiz ravishda ishlashi natijasida yuqori sport formasiga kirib oldi. Ushbu transfer o'zini to'liq oqladi desak mubolag'a bo'lmaydi. Sababi CHeremesin o'ziga bildirilgan ishonchni suistemol qilmadi. Aksincha ko'plab uchrashuvlarda xorijlik posbon o'yining eng yaxshi futbolchisi deya tan olindi. Bu ham qaysidir manoda fikrlarimizni isbotlaydi. SHu boisdan ham murabbiylar unga chempionatning barcha uchrashuvlarida to'liq ishondi. 30ta o'yinni almashtirishlarsiz o'tkazgan 27 yoshli posbon o'z darvozasidan jami 30ta to'p o'tkazib yubordi. Bugungi kunga kelib Jenyaga Rossiya premer ligasi ishtirokchilaridan qiziqish bo'layotgani aytilayotir. CHeremesinning bu yilgi statistikasi shuni ko'rsatyaptiki, 11ta o'yinda gol o'tkazmagan. 


 
Valeriy Fomichev – “Olmaliq”
“Olmaliq” ustozi Igor SHkvirin birinchi davrada ixtiyoridagi mahalliy darvozabonlardan ko'ngli chiqmadi shekilli, tanaffus paytida xorijdan Fomichyovni taklif etishga qaror qildi. Aslida belorussiyalik bo'lgan ammo bugungi kunda Qozog'iston fuqarosi hisoblanadigan Valeriy “Olmaliq”qa kelib jami 8ta o'yinda maydonga tushdi. Yodingizda bo'lsa u chempionatimizdagi debyut bahsida qizil kartochka olib, ko'pchilikni etiborini tortgandi. Fomichevning quruq o'yini 1tani tashkil etdi. O'zi ishtirok etgan 8ta uchrashuvda esa jami 11ta gol o'tkazib yuborgan. Bizningcha xorijlik posbon o'zimizning Umid Xonimqulovdan kuchli tomonlarini namoyish eta olmadi. 



Aleksandr Melenchuk – “Navbahor”  
Bundan bir necha yillar oldin ilk bor Jizzaxning “So'g'diyona” jamoasiga kelib faoliyat yuritgan ukrainalik posbon joriy mavsum “Navbahor”ga ko'chib o'tgandi. Rosti Melenchuk o'tgan mavsumlarda o'zini ijobiy tomondan ko'rsata olgandi. SHu bois bu yil namanganliklarning tarkibiga kelib qo'shilgach, mahalliy ishqibozlar bundan xursand bo'lgandi. Ammo Aleksandrning “lochinlar” safidagi faoliyati birinchi davradan so'ng nihoyasiga etdi. Ochig'i bunday bo'lishini uning o'zi ham kutmagan bo'lsa kerak. 36 yoshli darvozabonga jaroxatlar ham qaysidir manoda o'zini ko'rsatishga imkon bermadi. Uning joriy mavsumdagi statistikasiga etibor qaratadigan bo'lsak, 10ta uchrashuvda ishtirok etib, jami 777 daqiqa maydonda xarakat qilgan. O'z darvozasidan esa 12ta to'p o'tkazib yuborgan. Quruq o'yin 1ta bo'ldi. Davralar oralig'ida “Navbahor”ga kelib qo'shilgan asli namanganlik Akmal Ortiqov esa ikkinchi davrada o'zini ko'rsata oldi va xorijlik posbonning o'rniga bejizga kelmaganini isbotlay oldi. 13ta o'yin, 19ta gol, 3ta quruq o'yin jami 1170 daqiqa xarakat qilgan. 



Gennadiy Moshnyaga – “Andijon”
“Andijon” murabbiylari ham bu yil asosiy etiborni legioner darvozabonga qaratdi va 28ta bahsda Gennadiyga ishonch bildirdi. Moldovalik posbon qisqa fursat ichida ishonchli o'yinlari evaziga mahalliy muxlislarning yoqimtoyiga aylanib ulgurdi. Moshnyaga ko'plab bahslarda jamoasini muqarrar gollardan qutqarib qoldi va “Andijon”ning kuchlilar safida jon saqlab qolishida katta hissa qo'shdi deyish mumkin. O'rtamiyona jamoa safida o'zini professionallarcha tutdi va mahalliy posbonlarga qaysidir manoda o'rnak bo'la oldi. 30 yoshli Moshnyaga “Andijon”ning elitada qolishi malum bo'lgach, chempionat yakuniga etmasidan klub rahbariyatidan ruhsat olib, vataniga qaytishga qaror qildi. Uning bu yilgi statistikasi esa quyidagicha ko'rinishda: 28ta uchrashuv, jami 2520 daqiqa, 48ta gol, quruq o'yinlar soni 6ta.  



Andrey Melnichuk – “Dinamo”
Bir necha yillardan buyon samarqandliklar tarkibida faoliyat yuritib kelayotgan darvozabon o'tgan mavsumlarda o'zidan iliq taassurot qoldirib, legioner maqomini oqlab kelayotgandi. Ammo joriy mavsum Melnichuk negadir o'ziga o'xshamadi. Aniqrog'i legionerlarga xos tarzda ishtirok etmagandek tuyuldi. SHuning uchun ham murabbiylar Andreyni ko'pincha zaxiraga o'tkazib qo'ydi. O'tgan mavsumlarda xorijlik golkiper deyarli barcha uchrashuvlarda “Dinamo” darvozasini qo'riqlab kelganiga o'rganib qolgan muxlislar bu yil umuman boshqa Melnichukni ko'rdi. Ammo shunday bo'lsada Andrey mahalliy posbon Muhiddin Xudoyorovdan kam o'ynamadi. Etiborlisi har ikki posbon ham 16tadan uchrashuv o'tkazgan. Yanada ahamiyatlisi Melnichuk va Xudoyorov o'zi ishtirok etgan o'yinlarda umumiy hisobda o'rtacha 24tadan gol o'tkazgan. Xorjlik posbonning statistikasi quyidagicha: 16ta o'yin, 1363 daqiqa, 24ta gol, quruq o'yinlar soni 4ta. Bundan ko'rinib turibdki, Andrey shunga qaramay mahalliy darvozabonlar sira qolishmadi. 



Islombek Rustambekov.  

Reyting: +2   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика