So’nggi yangiliklar

20:15Сака шартномани узайтиради  0 19:50Ўзбекистон Суперкубоги март ойида бўлиб ўтади  2 19:22"Динамо" "Ғазалкент"га қарши ўртоқлик ўйинида қатнашди: легионерлар ҳам майдонга тушди  0 19:04"Биз кўпроғига лойиқ эдик". Артета "Ливерпул"га қарши ўйинни таҳлил қилди  3 18:38Слот "Арсенал" билан дуранг нега орқага ташланган қадам эмаслигини тушунтирди  1 18:14Мармуш "Сити"дан кетмоқчи эмас  2 17:45Жаҳон чемпионатининг тўртта юлдузли иштирокчиси март ойида АҚШда учрашади  6 17:18Куни кеча "Сурхон"дан кетган мураббий Зейтуллаев штабида иш бошлади  1 16:57"Арсенал" етакчиси муаммога дуч келди  0 16:35Миржалол Қосимов: "Жон сақлаш учун курашгандан кўра ўйнамаган яхши"  6 16:17Ўзбекистонлик ҳакамлар Осиё Кубоги ўйинида ишлайди  1 15:50Саудия Арабистони гранди Брунуга йирик битим таклиф этмоқда  4 15:22"Арсенал" Англия терма жамоаси ҳимоячиси учун курашга қўшилди  2 14:56Карпенко "Бухоро"дан кетди  1 14:30Суперлиганинг 2025 йилдаги энг яхши мураббийи Қозоғистонда ишлайди  6

Xorazmlik yosh futbolchilar quvonchi Yangiliklar

Xorazmlik yosh futbolchilar quvonchi

Teglar :  Xorazm
Urganch shahrida yosh futbolchilar o'rtasida 1 oktyabr – O'qituvchi va murabbiylar kuni munosabati bilan ochiq birinchilik uyushtirildi.

Urganch shahrida Sport o'yinlari va engil atletikaga ixtisoslashtirilgan bolalar-o'smirlar sport maktabi (SO'EAIBO'SM) rahbariyati tashabbusi bilan 2005-2006 va 2007-2008 yillarda tug'ilgan yosh futbolchilar o'rtasida 1 oktyabr – O'qituvchi va murabbiylar kuni munosabati bilan ochiq birinchilik uyushtirildi.

Bir necha kun davom etgan musobaqada Xorazm viloyati va Qoraqalpog'iston respublikasi  jamoalar ishtirok etdi. Katta yoshli bolalar musobaqasida 13 ta jamoa maydonga g'oliblik uchun bahs yuritdi. Ushbu birinchilikda “Xorazm” jamoasining sobiq futbolchisi, tajribali murabbiy Ilyos Xayrov ustozlik qilayotgan Urganch shahrining “Yoshlik” jamoasi futbolchilari g'oliblikni qo'lga kiritdi. Ikkinchi o'rin Gurlan tumanining “Gurlan”jamoasiga nasib etdi. Faxrli uchinchi o'rindan Nukusning “Nukus” va Urganch shahrining “Navro'z” jamoalari joy olishdi.



SHuningdek, 12 ta jamoa qatnashgan kichik yoshli “charm to'p” ustalari birinchiligida “Binokor”(Urganch shahri, murabbiyi SHohrux Yoqubov) jamoasi g'olib chiqdi. “Olimpiya”(Urganch shahri)  jamoasi ikkinchi, “G'aybu”(Urganch tumani) va “Olimpiya”(Urganch shahri) jamoalari uchinchi o'rinni egallashdi.

- Sport maktabimizda umumxalq bayramlari va shonli sanalar munosabati bilan musobaqalar o'tkazishni ananaga aylantirganmiz, - deydi SO'EAIBO'SM direktori Jamoladdin Abdullaev.- Albatta, O'qituvchi va murabbiylar kuni ham bundan mustasno bo'lmadi. Bu bilan farzandlarimizga quvonchli onlarni tuhfa etdik. O'z navbatida yosh futbolchilarimiz chiroyli o'yinlari bilan barchada iliq taassurotlar qoldirishdi. Bundan juda xursandmiz.


Musobaqaning yopilish marosimi bayramona tarzda tashkil etildi. Tadbirda qatnashgan Xorazm viloyati jismoniy tarbiya va sport boshqarmasi boshlig'i SHokir Madaminov g'olib va sovrindor jamoalar futbolchilarini erishgan muvaffaqiyatlari bilan qutlab, ularni tegishli darajadagi diplom va medallar bilan taqdirladi.

Kezi kelganda aytib o'tish joizki, mazkur birinchilikni yuqori saviyada uyushtirilishida sport maktabining direktori Jamoladdin Abdullaev, direktor o'rinbosari Azamat Arjanov, yo'riqchi-uslubchi  Anvar Alimov, katta murabbiy Alisher Ro'zmetov va boshqalar o'zlarining munosi ulushini qo'shishdi.

Ikrom XUDOYBERGANOV.

Reyting: +6   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика