So’nggi yangiliklar

04:24Илёс Зейтуллаев: "Бу кетишда италияликлар бизга эмас, ўзбек футболчилари Европага боришади"  1 04:22Баҳром Ҳайдаров: "Мураббий сифатида уларни айблай олмайман"  2 02:10Клублар ўртасидаги ЖЧ. "Реал Мадрид" "Ал Ҳилол" билан дуранг ўйнади. Вальверде 90+2 дақиқада пенальтини голга айлантира олмади  103 00:55Михаил Мудрик допингда айбланмоқда. У тўрт йилга четлатилиши мумкин  2 00:20Эндрю Робертсон Испания клубига ўтишга рози бўлди  1 23:45Неъматилло Қуттибоев: "Захирадан тушган футболчилар биз ўйлагандек ўйинни кучайтира олишмади"  0 23:23Элдор Мойлиев: "2003-2004 йилда туғилган футболчини ёш ҳам деб бўлмайди"  0 23:00Клублар ўртасидаги ЖЧ. "Манчестер Сити" "Видад Касабланка"ни мағлубиятга учратди. Ҳусанов ўйнамади  35 22:30Ўзбекистон Кубоги. "Бунёдкор" пенальтилар сериясида "Қўқон-1912"ни мағлубиятга учратиб, чорак финалга йўл олди  15 21:58U21 биринчилиги. Дербида "Пахтакор" ғолиб, "Навбаҳор" Қаршида ғалабага эришди ва бошқа натижалар (+ЖАДВАЛ)  2 21:54Бўш стадионлар борасидаги эътирозлар фонида ФИФА Клублар ўртасидаги ЖЧ чипталари сотуви жуда яхши кетаётгани ҳақида хабар берди  2 21:14Решфорд "Барса"да ўйнаш учун маошини қисқартиришга ҳам тайёр  1 20:21Фабио Каннаваро ЦСКА бош мураббийига айланиши мумкин  4 19:28Ичкарида ким ўтирибди? Ўқитувчилар? Чиқар ҳаммасини ташқарига!   12 19:22"Арсенал" Родриго билан боғланди. "Реал" вингер учун 90 миллион евро сўраяпти  1

“Xorazm”dagi sharoitlar, “Olimpik” bilan o'yinda urgan goli va nega jamoasini o'zgartirmasligi haqida Temur Bekchonov bilan suhbat Yangiliklar

“Xorazm”dagi sharoitlar, “Olimpik” bilan o'yinda urgan goli va nega jamoasini o'zgartirmasligi haqida Temur Bekchonov bilan suhbat

Uzoq yillardan buyon “Xorazm” jamoasida barqaror o'yin ko'rsatib kelayotgan Temur Bekchonov PRO-Liganing 17-turida “Olimpik” darvozasini ishg'ol etib, jamoasini safardagi uchrashuvida mag'lubiyatdan qutqarib qoldi.

Iqtidorli futbolchi har mavsum o'z gollari bilan jamoasining to'purarlaridan bir bo'lib kelishi bilan ham etiborni o'ziga tortadi. Ammo Bekchonov mana bir necha yillardan buyon jamoasiga sodiq qolib kelmoqda. “Olimpik”ka qarshi kechgan bashdan so'ng Bekchonov bilan suhbatlashib, bir nechta savollarga javob oldik. 

- Temur, avvalo Toshkentda bo'lib o'tgan “Olimpik”ka qarshi kechgan uchrashuv to'g'risida fikringizni bildirib o'tsangiz?

- Avvalambor, assalomu alaykum! “Olimpik” jamoasi haqida to'xtaladigan bo'lsam, bu jamoani o'zbek futbolining kelajagi deb bemalol aytgan bo'lardim. Klub juda yaxshi tashkil etilgan bo'lib, uning o'yin uslubi juda kuchli shakllantirilgan. Himoyada ham oldingi chiziqda ham bir xil o'ynay olishligini amalda isbotlab kelmoqda. 

- Uchrashuvdan oldin “Olimpik”dan qanday o'yin kutgandinglar?

- Har bir jamoa o'z maydonida faqat g'alaba qozonish uchun maydonga chiqadi. SHu sababli raqib jamoadan hujumkor o'yin kutgandik. Murabbiyimiz o'yindan avval bizga ko'rsatma berish chog'ida, “Olimpik” futbolchilari har bir bo'sh xududdan unumli foydalanib qolishlarini takidlagandi. SHunday vaziyatga bormaslik uchun maydonning har bir chizig'ida jiddiy kurashishimiz kerakligini talab qilgandi.   

- Mazkur uchrashuvda zaxiradan maydonga tushib, raqib darvozasini ishg'ol etgan xolda jamoangizni mag'lubiyatdan qutqarib qoldingiz. Faqat ochig'ini ayting, maydonga tushish chog'ida o'z hisobingizga bitta gol yozdirib qo'yishingizni kutganmidingiz?  

- To'g'risi, bu gap men va murabbiyimizga xavola. Bosh murabbiy o'yindan oldin asosiy tarkibni tanishtirib bo'lganidan keyin oldimga kelib, “Seni bugun hujumda sinab ko'rmoqchiman”. Har bir daqiqada tayyor turishim kerakligini, imkoniyat bo'ldi deguncha gol urishim zarurligini takidlab, ishonch bildirgan xolda dalda berdi. Urgan golimga keladigan bo'lsam, har bir hujumchi maydonga tushgach, gol urishni istaydi. CHunki uning vazifasi raqib darvozasini ishg'ol etishdan iborat. Lekin rostini aytsam, “Olimpik” darvozasiga bosh bilan zarba berib, gol uraman deb o'ylamagandim. 

- “Xorazm” hisobni tenglashtirgach, go'yoki durangni saqlab qolish maqsadida himoyaviy o'yin ko'rsatgani ko'pchilikni xayron qoldirdi. Bu haqda fikringiz qanday?

- Albatta, har bir jamoa maydonga faqat g'alaba qozonish niyatida tushadi. To'g'risi, maydonda bir kishi kam bo'lib, “Olimpik”dek jamoaga qarshi yanaja hujumkor o'yin ko'rsatish salbiy oqibatlarga olib kelishi ham mumkin. Tabiiyki “Xorazm” ham Toshkentga g'alaba uchun kelgandi. Biroq yakunda durang qayd etildi. 

- Uzoq yillardan buyon “Xorazm” jamoasi tarkibida o'ynab kelyapsiz. Bu yilgi PRO-Liga musobaqasi sizda qanday taassurot qoldirmoqda?

- PRO-Liganing saviyasi oxirgi 2–3 yilda ortdi deyish mumkin. Xususan, bu yilgi mavsumda Superliga yo'llanmasi uchun kurash ancha shiddatli tarzda kechmoqda. “Neftchi”, “Dinamo”, “Buxoro” singari klublarni Superliga darajasidagi jamoalar deb bilamiz. 

- Uzoq yillardan buyon “Xorazm” sharafini himoya qilib kelmoqdasiz. Jamoangizni o'zgartirishni o'ylab ko'rmaganmisiz? Yoki takliflar bo'maganmi? 

- Ochig'i, bu haqda hech o'ylab ko'rmagan ekanman. Balki menga uyimda o'ynash qulayroq bo'layotgandir. 

- Faoliyatingizni ushbu jamoada tugatishga qarshi emasmisiz?

- Oldindan bir narsa deyish qiyin. Extimol kelasi yillar boshqa jamoalardan yaxshiroq takliflar tushar. Buni albatta vaqt ko'rsatadi. 

- Bu yil jamoaga etibor qay darajada bo'lmoqda?

- Oxirgi yillarda etibor ijobiy tomonga o'zgargan. Bundan 2-3 yil oldingi mavsum bilan taqqoslaydigan bo'lsak, o'zgarish bor. Misol uchun rahbariyat oylik maoshlarimizni o'z vaqtida berib kelmoqda. Lekin kelgusida bundan-da yaxshi sharoitlarni yaratib berishsa, “Xorazm” ham Superligaga qaytib, ishqibozlarni quvontiradi degan umiddaman.

-  “Xorazm”da o'sib kelayotgan iqtidorli yoshlar xususida fikringiz qanday?

- Mahalliy istedodli yoshlar etishib chiqmoqda. Faqat “Xorazm” PRO-Ligada ishtirok etayotgani uchun yoshlarimiz u qadar ko'zga tashlanmayotgan bo'lishi mumkin. Lekin Toshkent klublarining selekcionerlari ozgina etibor qaratsa, xorazmlik ko'plab yosh futbolchilarimiz Superligada ham o'ynab ketishiga ishonaman.

- Yoshlardan kimlarni ko'proq alohida ajratib ko'rsata olasiz?

- SHahzod Beshimov, Habibullo Matyoqubov, Mahmud Qalandarov, Diyor Ramazonov va SHoxnazar singari umidli yoshlarimiz yaqin orada Superliga jamoalarida o'ynab ketishi mumkin.

- Aytishlaricha PRO-Ligada ishtirok etayotgan voxa klublarining futbolchilari to'p tepishdan tashqari yana alohida boshqa kasb bilan ham shug'ullanar ekan. Sizda ham futboldan o'ynashdan tashqari qo'shimcha ish bormi?

- Dadam asal-arichilik bilan shug'ullangani uchun men ham futboldan tashqari bo'sh vaqtlarimda yordam beraman. 

- SHu o'rinda futbolga kirib kelishingiz qanday yuz bergani haqida aytib bersangiz.

- Yoshligimda ko'plab bolalar singari menda ham futbolga bo'lgan qiziqish yuqori edi. SHu sababli dadam meni futbol to'garagiga olib borgan. Dastlabki murabbiyim Rashid Rahimov bo'ladi. Keyinchalik futbol internatida rahmatli ustozim Odamboy Quryozov qo'li ostida shug'ullanganman. Oilamizda futbol bilan shug'ullanishim uchun qarshiliklar bo'lmagan. Musobaqalarda xatti-xarakatlarimni kuzatib borgan, “Mashal” akademiyasining selekcionerlari Muborakka taklif qilgan. O'sha vaqtlarda “Mashal” akademiyasining saviyasi yuqori darajada bo'lganligi uchun, hech ikkilanmasdan ijobiy javob berganman. O'smirlik davrimda Boris Serastanov, Vadim SHodimatov va jamshid Saidov qo'li ostida shug'ullanganman. Akademiyadan keyin katta futbolga o'tgan paytimda ilk bor Aleksandr Xomyakov jamoasida o'ynaganman. 

   

Islombek Rustambekov suhbatlashdi.

Reyting: +5   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика