So’nggi yangiliklar

00:22Дуглас Коста "Флуминенсе"ни тарк этди  1 23:45Куртуа — жирафа, Рюдигер — псих, Менди — генерал. "Реал Мадрид" футболчилари бир-бирларини қандай чақиришади?  2 23:28"Барселона" Фликни бош мураббий сифатида таништирди  1 23:01Ўзбекистонлик ўсмирлар Японияни тор-мор этди  7 22:44Париж-2024. Ўзбекистон ОТЖ легионери терма жамоа ихтиёрини вақтинчалик тарк этди  14 22:22Ўртоқлик ўйини. Бразилиялик футболчини кўрикдан ўтказаётган "Динамо" "Бунёдкор"ни мағлуб этди  5 22:05"Ювентус" ўз футболчисини "Борнмут"га 18 миллион еврога сотади  1 21:48"Реал" Кепа эвазига Лунинни "Челси"га қўйиб юборишга тайёр  2 21:31Гвардиола "Реал Мадрид" футболчилари "Олтин тўп"га фаворит эканлигини айтди  11 21:14Франциянинг 6 карра чемпиони профессионал клуб мақомидан маҳрум қилинди  4 20:57УEФА Евро-2024 ўйинларида мухлисларни ирқчилик ва камситувчи хатти-ҳаракатлари учун етти давлатни жаримага тортди  2 20:30Назорат учрашуви. Ўзбекистон U-21 терма жамоаси Суперлига клубига ютқазди  2 20:13Париж-2024. Рақиб футбол жамоаси машғулот майдонига дрон учирган мамлакат ходимлари турнирдан четлатилди  0 19:55Азмун БАА клубига ўтади  13 19:30Интервью. Анвар Бердиев "Шўртан"нинг тайёргарлик жараёни, олдиндаги мақсад ва вазифалар, олимпия терма жамоамизнинг Испанияга қарши ўйини, фарзандларининг футболга кириб келиши ҳақида  1

Xorazm viloyati futbolining 2016 yil yakunlari sarhisob qilindi Yangiliklar

Xorazm viloyati futbolining 2016 yil yakunlari sarhisob qilindi

Xorazm viloyati futbol federaciyasi tomonidan har yili 24 dekabr kuni voha futbolining “Eng yaxshi”larini taqdirlash marosimi o'tkaziladi. Albatta, joriy yil ham bundan mustasno bo'lmadi.

Urganch shahridagi muhtasham “Nozli” to'yxonasida o'tkazilgan tantanali bayram tadbirida Xorazm viloyati hokimligi madaniyat va sport ishlari boshqarmasi, viloyat futbol federaciyasi, futbol yo'nalishidagi maktab-internat hamda sport maktablari mutassaddilari, murabbiylar, faxriylar  hamda ommaviy axborot vositalari vakillari, shuningdek, Qoraqalpog'iston Respublikasidan kelgan mehmonlar ishtirok etdi.

Quvonarlisi shunda bo'ldiki, bu galgi tadbirda Iskandar Mahmudov, SHuhrat Vaisov, Ilya Pak, Ozod Abdullaev, Erkin Qadamov, Zaripboy Abdalniyozov, O'ktam Otaev, Odamboy Qurbonniyozov, Baxtiyor  Rajabboev singari vohaning o'z davrining ko'plab taniqli sport faxriylarini uchratish mumkin edi.
Tantanada so'zga chiqqan viloyat madaniyat va sport ishlari boshqarmasi boshlig'i SH. Madaminov, viloyat futbol federaciyasi birinchi vice prezidenti R. Atajonovlar mamlakatimizda sport, xususan, futbolni rivojlantirish borasida olib borilayotgan ibratli ishlar haqida to'xtalib, tadbir ishtirokchilarini kirib kelayotgan yangi -2017 yil bilan qutlashdi. O'z navbatida, viloyatda 2016 yil yakuni bo'yicha “Eng yaxshi” deb topilgan futbolchilar, murabbiy va hakamlar, jamoalar, shuningdek,  futbolga ixtisoslashtirilgan maktab-internati hamda BO'SMlarni tegishli darajadagi diplom va tashakkurnoma bilan taqdirlashdi.
.
XORAZM VILOYATI FUTBOLINING 2016 YIL YAKUNIGA KO'RA NOMINACIYALAR BO'YICHA G'OLIBLARI

1.“Yilning eng yaxshi yosh futbolchisi”- Muhammadqodir RAHIMBERGANOV(UOZK, Urganch shahri).
2.“Yilning eng yaxshi iqtidorli futbolchisi”- Ruslan RAHIMOV(SO'EAIBO'SM, Urganch shahri).
3.“Yilning eng yaxshi futbolchisi” – Bobur RAHIMBERGANOV(“Yoshlik”, Urganch shahri).
 4.“Oliy liga jamoalarida o'ynayotgan yilning eng yaxshi xorazmlik futbolchisi”- Jaloladdin MASHARIPOV(“Paxtakor”, Toshkent).
5.“Yilning eng yaxshi faxriy futbolchisi”- Otabek RAHIMOV(“Xorazm”,Urganch).
6.“Yilning eng yaxshi yoshlar murabbiyi”- Alisher RO'ZMETOV (sport o'yinlari va engil atletikaga ixtisoslashtirilgan BO'SM).
7.“Yilning eng yaxshi murabbiyi”- ALIMARDON ROZIKOV (UOZK, Urganch shahri).
8.“Yilning eng yaxshi hakami”- Dilshod JUMANIYOZOV (Xiva shahri).
 9.“Yilning eng yaxshi yoshlar jamoasi” - 2004 YILDA TUG'ILGAN BOLALAR TERMA JAMOASI (Sport o'yinlari va engil atletikaga ixtisoslashtirilgan BO'SM).
10.“Yilning eng yaxshi jamoasi”- UOZK(URGANCH OLIMPIYA ZAXIRALARI KOLLEJI) jamoasi.
11.“Yilning eng yaxshi mini futbol jamoasi”- “JAYHUN” jamoasi (Urganch shahri).
12.“Yilning eng yaxshi bolalar va o'smirlar sport maktabi” -  SO'EAIBO'SM (SPORT O'YINLARI VA ENGIL ATLETIKAGA IXTISOSLASHTIRILGAN BO'SM) jamoasi.
13.“Yilning eng yaxshi futbol maktab internati”- URGANCH SHAHAR 5-SON FUTBOL MAKTAB INTERNATI.

SHuningdek, Urganch shahridan Jamoladdin Abdullaev, Mamur Hojiev, Sanat Rajapov, Umid Rahimov, Abror Qilichev, SHerzod Ibodullaev, Pitnak shahridan Artyom To'raev, Yangibozor tumanidan Umid Jumamurotov, Bog'ot tumanidan Beknazar Tojimovlar Xorazm viloyati hokimligi Madaniyat va sport ishlari boshqarmasi va viloyat futbol federaciyasining TASHAKKURNOMAsiga loyiq ko'rildi.

- Har yili eng yaxshi ko'rsatkichga erishgan vohamiz futboli ahlini va jamoalarni taqdirlashni ananaga aylantirganmiz, - deydi Xorazm viloyati futbol federaciyasi birinchi vice-prezidenti Ravshan Atajonov. – Tadbirni tashkil etishdan asosiy maqsad, futbolimiz rivojiga foyda keltirayotgan insonlar hurmatini bajo keltirish, buning barobarida, ularni yangi marralar sari talpintirishdan iboratdir. Say-harakatlarimiz esa besamar qolmay, ijobiy natijasini bermoqda. Binobarin, murabbiylarimizdan tortib, futbolchilarimizgacha chiroyli futbol namoyish etishga intilib, muxlislarimizni quvontirishyapti. Zero, futbol – bu xalq o'yinidir.

- Bugun bolalar va o'smirlar sport maktabimiz hayotida juda quvonchli kun,-  deydi viloyat madaniyat va sport ishlari boshqarmasiga qarashli SO'EAIBO'SM direktori J. Abdullaev.- Zero, joriy yilgi taqdirlash marosimi kayfiyatimizni ko'tarib yubordi. Negaki, besh nominaciya bo'yicha g'oliblik aynan sport maktabimiz vakillariga nasib etdi. Bundan qanchalar faxrlansak arziydi. Nasib qilsa, 2017 yili yanada yuksak ko'rsatkichlar uchun harakat qilamiz.

Ikrom  XUDOYBERGANOV.



Reyting: +4   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика