So’nggi yangiliklar

18:42А Сериянинг икки гранди "Арсенал" аъзоси учун курашга қўшилди  0 18:14Марлен Чобанов легионерга айланди  0 17:55​"Андижон" легионер ҳимоячиси билан хайрлашди  2 17:32Исак "Реал Сосьедад" базасида шуғулланмоқда  2 17:04Аббос Файзуллаев: "ЦСКА туфайли Ўзбекистон термасида ўз ўрнимга эга бўлдим. Энди "Истанбул Башакшеҳир"га чемпионатда олдинга қадам ташлашида ёрдам бермоқчиман"  3 16:37ЦСКА ҳимоячиси: "Аббосга келажакда ўзи хоҳлаган лигада ўйнашини тилайман"  4 16:09Доннарумма АПЛ топ-клублари билан музокаралар олиб бормаяпти  2 15:41Нойер Тер Штеген билан боғлиқ вазият туфайли Германия терма жамоасига қайтишга тайёр  4 15:14Саудия Арабистони клублари Левандовскини сотиб олмоқчи  2 14:52"Андижон" янги легионерини Суперлига учун рўйхатдан ўтказа олмади  7 14:42Инсайд тасдиқланди: Ўзбекистон U-21 терма жамоаси Тошкентда Қозоғистон билан беллашади  2 14:14Расман: Серж Орье Остон Ўруновнинг жамоадоши бўлди  3 14:00Суперлига. Ёзги трансферлар барчаси битта саҳифада   40 13:52"Фенербахче" "Барселона" собиқ ҳимоячиси билан шартнома имзолайди  2 13:27Эрон матбуоти: Машарипов Суперкубокда ўйнай олади  3

“Xorazm” va “Obod” mavsumni durang bilan boshlashdi Yangiliklar

“Xorazm” va “Obod” mavsumni durang bilan boshlashdi

Nihoyat, birinchi liga “karvon”i ham yo'lga tushdi. Mamlakatimizning ko'plab shahar va tumanlariga katta futbol kirib keldi.
Jumladan, Xorazm vohasiga ham. Ayni damda, “Xorazm” jamoasi uy o'yinlarini Yangibozor tumani markaziy stadioniga ko'chirgan. Buning sababi shundaki, bugungi kunda “Umid nihollari-2015”  o'yinlarining ochilish va yopilish tantanalari bo'lib o'tadigan  viloyat markazidagi muhtasham sport majmuasida keng qamrovli qurilish va rekonstrukciya ishlari olib borilmoqda.
  
O'z navbatida Yangibozorda joriy yilgi mavsumning ilk uchrashuvini o'tkazishga qizg'in tayyorgarlik ko'rildi. O'yingoh atrofi obodonlashtirilib, bayramona bezatildi. Futbolchilarning echinib-kiyinish, yuvinish va boshqa xonalari talab darajasida jihozlandi. Mubolag'a emas, birinchilikning ochilish marosimi ko'tarinkilik asnosida tashkil etildi.
   
Belgilangan fursatda “Xorazm” va “Obod” jamoalari futbolchilari markaziy minbar oldiga saf tortishdi. Tantanani  Yangibozor tumani hokimi Ozod Madrahimov ochib berdi.  Davlatimiz madhiyasi sadolari ostida musobaqa bayrog'i ko'tarildi. So'ngra, tadbirda qatnashgan Xorazm viloyati hokimligi madaniyat va sport ishlari boshqarmasi boshlig'i SHokir Madaminov stadionga yig'ilgan muxlislarni hamda ikkala jamoa azolarini futbol bayrami bilan muborakbod etdi.
  
Bevosita o'yin tafsilotlariga to'xtalsak, uchrashuvning dastlabki daqiqalari biroz sust kechdi. Birinchi xavfli hujum 15-daqiqada amalga oshirildi.  Urganchlik Nizomjon Norov jamoadoshlari uzatib bergan to'pni yaqin masofadan darvozaga yo'llay olmadi. Oradan to'rt daqiqa o'tib xuddi shunga o'xshash vaziyatdan “Obod” jamoasi vakili Araik Babaev foydalana bilmadi. U tepgan to'p himoyachiga tegib maydon tashqarisiga chiqib ketdi. Umuman, mazkur bo'limning qolgan daqiqalarida hisobni ochish uchun  jamoalarda imkoniyatlar yuzaga kelgan bo'lsada, futbolchilar o'z darvozalari daxlsizligi saqlashni uddalashdi.
  
O'yinning ikkinchi qismi ancha qiziqarli kechdi. “Xorazm”lik Feruzbek Jabborov, Jamoliddin Masharipov, “Obod”lik Araik Babaevlar to'p kiritish uchun juda qulay imkoniyatlarni  boy berishdi. Eng qizig'i shundaki, uchrashuvning asosiy vaqti poyoniga etayotgan bir paytda, aniqrog'i 87-daqiqada Vali Sultonov shogirdlariga yaqqol omad etishmadi. Ochig'i, mezbonlar futbolchisi Marks Quronboevning chap burchakdan amalga oshirgan zarbasidan keyin to'p mehmonlar darvozaboni va himoyachilaridan o'tib darvozaga tomon yo'naldi. Stadionga tashrif buyurgan vohalik ishqibozlar “Go o o l” deya quvonganlaridan o'rinlaridan qalqib turishdi. Biroq, so'nggi pallada to'p Bekzod Omonullaev qo'riqlayotgan darvozaning o'ng tarafidagi ustunning pastki qismiga tegib, maydonga qaytdi. SHu tariqa o'yinda hisob ochilmay qoldi.

“Xorazm” (Urganch) – “Obod” (Toshkent) – 0:0. Yangibozor tumani markaziy o'yingohi.
Hakamlar:
D. Jalimov (Nukus), SH. Kamarov (Samarqand), S. Hakimov (Samarqand), J. Tursunboev (Yangibozor).
“Xorazm” :  G'. O'daev, SH. Mannonov, A. Husinov, J. Otajonov, T. Ismoilov, M. Abdullaev, M. Quronboev (J. Egamov, 90), R. Bayramov (S. Jumaniyozov, 52), N. Norov (T. Bekchanov, 75), F. Jabborov (M. Quryozov, 78), I. Xayrov (J. Masharipov, 64).
“Obod” : B. Omonullaev, K. Tojiboev, G'. Umirov, SH. Jalilov (D. Ahmadaliev, 81), D. Hasanov, SH. Norxonov (R. SHuhratov, 60), A. Babaev, E. Ravshanov, S. To'raqulov (J. Ishoqov, 72), S Abdullajonov (Z. Umarov, 69), J. Iskandarov.
Ogohlantirishlar: J. Otajonov (8), SH. Mannonov (13) – D. Hasanov (22), A. Babaev (65), J. Iskandarov (90+3), K. Tojiboev (90+4).
Nazoratchi: R. Davlatmurotov (Toshkent).


Ikrom XUDOYBERGANOV,
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика