"Xorazm" "Andijon" sobiq himoyachisi va yana ikki futbolchi bilan shartnoma tuzdi
07 fev 15:41
Yangiliklar


"Xorazm" "Andijon" sobiq himoyachisi va yana ikki futbolchi bilan shartnoma tuzdi
"Xorazm" 3 nafar futbolchini safiga qo'shib olgani elon qilindi.
Bular – Muhammadbobur Asadullaev ("Dinamo"), Hazrat Tursunqulov ("Metallurg") va Ilhom Alijonov ("Andijon"). Har uchala futbolchi bilan 1 dekabrga qadar kelishuv imzolandi.
Malumot o'rnida, yarim himoyachi Muhammadbobur Asadullaev o'tgan mavsum "Dinamo" tarkibida 1 o'yin o'tkazgan bo'lsa, "Xorazm" safida 7 uchrashuvda maydonga tushdi.
Yarim himoyachi Hazrat Tursunqulov "Metallurg" tarkibida 9 o'yinda maydonga tushib, 2 ta gol urgan bo'lsa, "Xorazm" libosida 15 o'yinda ishtirok etib, 2 ta to'p kiritdi va 1 ta golli pas uzatdi.
Himoyachi Ilhom Alijonov andijonliklar safida 15 uchrashuvda qatnashib, 2 marta ogohlantirildi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar