Xomyakovning "Mashal"dagi davri tugadi, endi mutaxassis "Andijon"ga yo'l oladi...
29 may 2019 21:09
Yangiliklar


Xomyakovning "Mashal"dagi davri tugadi, endi mutaxassis "Andijon"ga yo'l oladi...
Muborakning "Mashal" klubida ishlab kelayotgan rossiyalik mutaxassis Aleksandr Xomyakov "Andijon" jamoasi boshqaruvini o'z qo'liga oladi.
Bugun Pro-ligadagi "Mashal" - "SHerdor" o'yinida (3:1) Xomyakov so'nggi bor muborakliklar ustozi sifatida ish yuritdi. Kelasi turdan Aleksandr Xomyakov "Andijon" jamoasida ish boshlaydi.
Bunga qadar andijonliklar postini Ildar Sakaev boshqargan va 16 may kuni istefoga chiqarilgandi.
Ayni damda Jamshid Saidov "burgutlar"ning vaqtinchalik bosh murabbiyi lavozimida faoliyat yuritib kelayotgandi. Saytimiz xodimi SHahboz Beg'amovning malum qilishicha, Xomyakov allaqachon andijonliklar bir kelishuvga erishgan va bugungi uchrashuvdan keyin muborakliklar bilan rasman xayrlashadi.
Eslatib o'tamiz, avvalroq ayni paytda «Andijon» bosh murabbiyi sifatida ishlab turgan Jamshid Saidov va Xomyakov "Mashal" jamoasida birga ishlashgan.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar