Xomyakovga musht tushirgan SHavkat Saidovga qanday jazo berildi?
03 sen 2021 14:34
Yangiliklar
Xomyakovga musht tushirgan SHavkat Saidovga qanday jazo berildi?
Unda bir qator futbolchi hamda rasmiylarga nisbatan tartib-intizom choralari belgilandi.
Yodingizda bor, Superliganing 16-turidan o'rin olgan "Metallurg" - "Mashal" (1:2) uchrashuvi yakunida mezbon jamoa boshlig'i SHavkat Saidov o'zini noprofessional tutgan holda, agressivlik bilan muborakliklar ustozi Aleksandr Xomyakovning ko'krak qismiga musht bilan zarba bergan edi.
Tartib-intizom qo'mitasi tomonidan SHavkat Saidovga nisbatan 1 (bir) yil muddatga har qanday futbol faoliyati bilan shug'ullanishdan chetlashtirish intizom chorasi qo'llanildi.
"SHuningdek, klubdan ushbu rasmiy shaxsga 2021-yilgi mavsum uchun O'zPFL tomonidan taqdim qilingan licenziyani 3 kun muddat ichida topshirish talab etiladi.
Mazkur qaror elon qilingan kundan boshlab kuchga kiradi", deyiladi xabarda.
Fikrlar