So’nggi yangiliklar

00:26Каталония дербиси! "Жирона" ва "Барселона" баҳсни қандай таркибда бошлайди?  1 00:22Расман: Азиз Турғунбоев — «Андижон» футболчиси  1 23:54Расман: "Навбаҳор" икки легионер билан шартнома имзолади  1 23:40"Ўзлари симуляция қилиб, энди ахлоқдан дарс беришяпти!" — Милан мэри Кьеллини ва Дель Пьерони "ерга туширди"  1 23:00Элит ОЧЛ. "Насаф" турнирдаги илк ғалабасини тантана қилди, аммо юришини гуруҳ босқичида якунлади  95 22:37Шармандалик: Туркияда мухлислар ҳакамнинг бошига велосипед билан зарба беришди!  7 22:33Расман: Жасур Ҳакимов — "Металлург" футболчиси!  0 22:12Назорат баҳси. "Сўғдиёна" - "Динамо" Батуми 2:0  0 21:43"Реал"ни мусобақадан чиқариб юборишни истайман!" — Моуринью Арбелоа ва Мадрид ҳақида гапирди  41 20:46"Ҳакамлик даражаси тарихдаги энг паст нуқтада!" — Жефф Стеллинг ВАРни кескин танқид қилди  0 19:51Исак жиддий жароҳатдан сўнг қайтишга яқин  4 19:23"Арсенал" футболчиси афсонавий Райт натижасини такрорлади  0 18:57"Милан" 40 ёшли Модричга янги шартнома таклиф қилади  2 18:33Трансфер интригаси: "Манчестер Юнайтед" собиқ футболчисини ортга қайтармоқчи  6 18:06"Вест Хэм" бир вақтнинг ўзида 3 нафар мураббийга маош тўламоқда  2

Xomyakov: "Futbol mabudi bugun biz tomonda edi" Yangiliklar

Xomyakov: "Futbol mabudi bugun biz tomonda edi"

Superliga 19-turidan o'rin olgan "Andijon" 2:1 "Navbahor" uchrashuvidan so'ng, "Andijon" bosh murabbiyi Aleksandr Xomyakov matbuot anjumanida ishtirok etdi.

- Barchani g'alaba bilan tabriklayman. Juda xursandmiz. Bugun futbol mabudi bizning tomonda bo'ldi. "Navbahor"ga jamoasiga qarshi o'ynash juda-juda qiyin bo'ldi, ammo avvalroq takidlab o'tganimdek bugun bizga yaratganing o'zi yordam berdi.

- "Navbahor" jamoasi Osiyoning eng kuchli jamoalaridan biriga qarshi durang o'ynadi, bugun esa sizning jamoangiz "Navbahor"ni mag'lub etdi. Ushbu natijadan qanchalik xursandsiz?

- Albatta xursandman. Biz "Navbahor"ning o'yinini ham ko'zatgan edik. Raqib jamoasi bizdan ancha tezkor va kuchliroq. Yana bir bor takrorlayman bizning omadimiz keldi va o'yin so'ngida gol urdik. Bugun bayram ekan, nishonlayverish kerak.

- Bugun "Andijon" maydon markazida kuchsiz o'ynadi. Bunga sabab nima?

- "Navbahor" ancha kuchli tarkibga ega va shu sababdan ularga qarshi o'ynash oson emas. Birinchi taymda o'yinimiz chiqmadi. Birinchi gol bizga ancha yordam berdi. Standart vaziyatdan gol urib oldik. Raqib bizni deyarli barcha jihatlarda bizdan ustun edi va sizning fikringizga yuz foiz qo'shilaman.

- "Navbahor" jamoasi birinchi taymda darvoza to'sini poyladi, agar o'sha vaziyatda gol bo'lganda "Andijon" "kambek" amalga oshira olarmidi?

- Yaxshi savol. To'g'risini aytsam juda-juda qiyin bo'lar edi. Raqib bizni o'yin tomonlama mag'lub etdi, bizning esa omadimiz keldi. Futbolda ilojsiz narsaning o'zi yo'q 3:0, 4:0 hisoblaridan ham "kambek" qayd etilgan. Bugun Suxrob Berdiev 8 daqiqa ichida qahramonga aylandi.


Reyting: +13   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика