Xolandning agenti uning "Barselona"ga, otasi esa "Real"ga o'tishini istamoqda
04 mar 2022 20:14
Yangiliklar
Xolandning agenti uning "Barselona"ga, otasi esa "Real"ga o'tishini istamoqda
Erling Xolandning kelajagi noaniqligicha qolmoqda.
El Chiringuito TV telekanali jurnalisti Xose Alvaresning xabar berishicha, Erlingning agenti Mino Rayola "Borussiya" hujumchisining "Barselona"ga o'tishini istamoqda. Futbolchining otasi Alf-Inge Xoland esa o'g'lining "Real Madrid"ga o'tishini talab qilmoqda.
21 yoshli futbolchi joriy mavsumda “Borussiya” safida 20 ta o'yinda maydonga tushib, 23 ta gol urdi va 5 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Forvard jarohati tufayli 22 yanvardan beri maydonga tushmayapti.
Fikrlar