So’nggi yangiliklar

01:50U21 биринчилиги. Пешқадам "Навбаҳор"дан кичик, "Андижон"дан 7:2 ҳисобидаги ғалаба ва бошқа натижалар  3 01:30Заид Таҳсин: "ОКМКдан устун эдик. "Пахтакор" аъзоси бўлиш шараф"  1 01:13Миржалол Қосимов: "Ҳакам яна бироз вақт қўшиб берганида уч тайм футбол ўйнаган бўлардик. Русчасига айтганда "заслужили""  2 00:30"Тоттенхэм" "Ал Ҳилол" ҳужумчисини сотиб олиши мумкин  0 00:05Камолиддин Тожиев: "Биринчи бўлимни ёмон бошладик, иккинчи таймда эса ўйинни назорат қилдик. Бешта гол уришимиз ҳам мумкин эди"  11 00:00"Кривбасс" дарвозабони Европадаги йиғин давомида қочиб кетди  1 23:35Тер Штеген Жоан Гарсиянинг рўйхатга олинишига тўсқинлик қилмоқда  0 23:00Томас Парти Испанияга қайтмоқда — Here We Go!  1 22:33"Боруссия" электромобил ишлаб чиқарувчиси билан ҳамкорлик қилади  0 22:05Суперлига. ОКМК Санчеснинг дубли эвазига "Пахтакор" майдонида ғалаба қозонди  77 21:36"Боруссия" АПЛдан 25 млн еврога ўйинчи сотиб олиши мумкин  0 21:08Жек Грилиш "Эвертон"га ўтиши мумкин  0 20:37"Реал Мадрид" Родриго бўйича бирорта клубдан таклиф олмагани маълум бўлди  5 19:51"Эспаньол" Лукас Васкесни таркибга қўшиб олмоқчи  0 19:22МЮ "Лейпциг"га Шешко учун катта сумма таклиф қилди  2

⚡️ Xoland va Levandovskisiz qolayotgan Bundesliganing 2021/22 yilgi mavsum yakunlari (batafsil tahlil) Yangiliklar

⚡️ Xoland va Levandovskisiz qolayotgan Bundesliganing 2021/22 yilgi mavsum yakunlari (batafsil tahlil)

Germaniya chempionatida mavsum o'z nihoyasiga etdi.

“Bavariya” qatorasiga 10-marotaba (top-5 ligalaridagi rekord) va o'z tarixida 32-bora Germaniya chempionligini qo'lga kiritdi. Myunxenliklar “Borussiya D”, “Bayer” hamda ”RB Leypcig” bilan birga keyingi mavsum CHempionlar ligasi guruh bosqichida ishtirok etadi.

“Union Berlin”, “Frayburg” Evropa ligasiga yo'l olgan bo'lsa, “Kyoln” Konferenciyalar ligasida qatnashadi.

“Groyter Fyurt” va “Arminiya” quyi divizionga tushib ketdi. "Gerta" esa musobaqada qolish uchun pley-off bahsida ishtirok etadi. Ularga Bundesliga 2'da uchinchi bo'lgan jamoa raqiblik qiladi. O'tish o'yinlari esa 19 va 23 may sanalarida o'tkaziladi.

YAKUNIY JADVAL

Bundesliga 2'dan “SHalke 04” yuqori elitaga qaytgani haqida xabar bergandik. 2-yo'llanma esa bugun bo'lib o'tadigan 34-tur bahslaridan keyin malum bo'ladi. Taqvim bilan tanishing:

BUNDESLIGA 2 JADVALI

Malumot o'rnida, oxirgi tur oldidan “Ercgebirge Aue” hamda “Ingolshtadt” 3-ligaga ravona bo'lgani aniq bo'lib ulgurgan. 16-o'rindagi “Dinamo Drezden” esa “Kayzerslautern” bilan 20 va 24 may kuni bo'lib o'tadigan o'tish uchrashuvida qatnashadi. Avvalroq, “Magdeburg” va “Ayntraxt B” Bundesliga 2'ga ko'tarilgandi.

Hisob bo'yicha 59-marotaba o'tkazilgan Germaniya oliy divizionida “Bavariya” forvardi Robert Levandovski 34 o'yinda 35 ta gol urib, to'purar bo'ldi. U bunday nomga 7-marotaba erishib, Gerd Myullerning rekordini takrorladi. To'purarlar jadvalida undan keyingi o'rinlardan esa “Bayer” hujumchisi Patrik SHik (24 gol) hamda “Borussiya D” futbolchisi Erling Xoland (22) joy oldi.

Ko'pchiligimizga tanish bo'lgan Sardor Azmun esa mavsum yarmidan “Bayer”ga kelib qo'shildi va chempionatda 9 o'yinda qatnashib, 1+1 natija ko'rsatdi. U malum muddat jarohatidan davolanishiga ham to'g'ri keldi.

Darvoqe, Levandovski “Volfsburg”ga (2:2) qarshi mavsumning so'nggi o'yinidan keyin myunxenliklar safidagi oxirgi uchrashuvini o'tkazgani haqida aytib o'tdi. U faoliyatini “Barselona”da davom ettirishi haqida gap-so'zlar tarqalgan. Bundesliganing boshqa bir yulduzi Xoland esa “Manchester Siti”ga yo'l olmoqda. 21 yoshli futbolchi dortmundliklar libosida 89 o'yinda 86 ta gol urdi va 23 pasni o'z hisobiga yozdirdi. Uni mana shunday kuzatib qo'yishdi:

Germaniya chempionati 2021/22 yilgi mavsumida Tomas Myuller (18 pas) eng yaxshi assistent sifatida qayd etildi. Kristofer Nkunku ("RB Leypcig", 13 assist) va Marko Roys (“Borussiya D”, 12) kuchli uchlikka yakun yasagan.

Oxirgi tur oldidan autsayderlar qatorida bo'lgan “SHtutgart” esa “Kyoln”ni 90+2-daqiqada Vataru Endoning goli evaziga mag'lub (2:1) etib, Bundesligada jon saqlab qoldi va o'z muxlislariga fantastik emociyalarni taqdim etdi:

Eslatib o'tamiz, Bundesliganing yangi mavsumi 5 avgustda start oladi va 2023 yil 27 may kuni o'z nihoyasiga etadi.

Musobaqada eng ko'p titulni qo'lga kiritgan jamoalar:

1. “Bavariya” – 32 ta;

2. “Nyurnberg” – 9;

3. “Borussiya D” – 8;

4. “SHalke 04” – 7;

5-6. “Gamburg”, “SHtutgart” – 5 tadan.


Boshqa statistik malumotlar:

*mavsum davomida 306 o'yinda 954 ta gol urildi (o'rtacha 3,12);

*uydagi eng yirik g'alaba – “Bavariya” 7:0 “Boxum”;

*safardagi eng yirik g'alaba – “Borussiya M” 0:6 “Frayburg”;

*eng sermahsul o'yin – “Groyter Fyurt” 3:6 “Xoffenxaym”;

*eng ko'p muxlis tashrif buyurgan o'yin – “Borussiya D” 1:4 “RB Leypcig” (81,365 tomoshabin);

*gol+pas sistemasi bo'yicha eng yaxshi bo'lgan futbolchi – Robert Levandovski (35+3)

*eng ko'p (10tadan) “quruq” o'yin o'tkazgan kiperlar – Robin Centner (“Maync”), Manuel Noyer (“Bavariya”), Mark Flekken (Frayburg), Kun Kastels (“Volfsburg”);

*maygacha oy futbolchisi sovrinini eng ko'p (4ta) qo'lga kiritgan o'yinchi – Kristofer Nkunku (“RB Leypcig”).

Muallif : Eldor Akmurzayev
Reyting: +5   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика