Xoland nega MYU taklifini rad etganini aytdi
14 fev 2020 11:54
Yangiliklar


Xoland nega MYU taklifini rad etganini aytdi
Dortmundning "Borussiya" klubi hujumchisi Erling Xoland nega "Manchester Yunayted" taklifini rad etgani haqida gapirdi.
"Ole Gunnar Sulsherdan juda ham minnatdorman. Unga katta rahmat aytaman, hozirda menda bor narsalarga u tufayli erishdim, ammo men "Borussiya" variantini eng yaxshisi deb bildim.
Ko'pchilik meni maosh tufayli bu klubni rad etgan deb o'ylaydi, ammo men bunday mish-mishlarga ahamiyat bermayman. Menga yaqin odamlar bilishadiki, men birinchi navbatda futbolga etibor qarataman", - deydi 19 yoshli to'purar.
Eslatib o'tamiz, Xoland "Myolde"da Sulsher qo'l ostida shug'ullangan.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar