Xoland: "Jasorat o'rniga kamsitish. Mening boshqa gapim yo'q"
12 iyu 2021 21:00
Yangiliklar
Xoland: "Jasorat o'rniga kamsitish. Mening boshqa gapim yo'q"
Norvegiyalik hujumchi Erling Xoland Italiyaga qarshi o'yinda penaltini aniq amalga oshirolmagan ingliz futbolchilari haqida fikr bildirdi.
"Borussiya Dortmund" futbolchisi Reshford, Sancho va Sakani qo'llab-quvvatlashini takidladi hamda ularga qarshi irqchilikka borganlarni qoraladi.
"Nega hanuzgacha irqchilik va kamsitishga yo'l qo'yib berilayotganiga tushunmayapman.
Biz har qanday kamsitishga qarshi kurashdan charchamaymiz. Penaltini tepishda jasorat ko'rsatgani uchun olqish olish o'rniga uch yosh yigit irqchilik bilan haqoratlandi.
Menda boshqa so'z yo'q", — deb yozgan Xoland.
Fikrlar