Xoland jarohat sabab Norvegiya terma jamoasiga yo'l olmaydi
01 okt 2021 17:38
Yangiliklar
Xoland jarohat sabab Norvegiya terma jamoasiga yo'l olmaydi
Dortmundning "Borussiya" klubi bosh murabbiyi Marko Roze "arilar" hujumchisi Erling Xoland mushak jarohati sabab oktyarb oyida Norvegiya terma jamoasida ishtirok eta olmasligini aytdi.
"U ertangi "Augsburg"ga qarshi o'yinga qaytishga urindi, ammo buni qila olmadi, og'riq hali ham juda kuchli. Erling biz bilan qoladi va Norvegiya terma jamoasiga yo'l olmaydi", - deydi Roze.
Xoland 2021/22 yilgi mavsum "Borussiya" tarkibida 8ta o'yinda maydonga tushib, 11t gol va 4ta assist qayd etdi.
21 yoshli norvegiyalik jarohat sabab jamoasining so'nggi ikki o'yinini o'tkazib yubordi.
Fikrlar