Xoland jamoasining mag'lubiyati haqida: “SHunchalik jahlim chiqdiki...”
23 jan 2021 09:58
Yangiliklar


Xoland jamoasining mag'lubiyati haqida: “SHunchalik jahlim chiqdiki...”
Dortmundning “Borussiya” klubi hujumchisi Erling Xoland jamoasining Bundesliga 18-turida Myunxengladbaxning “Borussiya” klubiga (2:4) uchragan mag'lubiyati haqida gapirdi.
Ushbu bellashuvda Xolland dublga erishsada, jamoasi alamli mag'lubiyatni qabul qilib oldi.
“Judayam jahlim chiqdi. Biz ishlashda davom etishimiz lozim. Aqlimizni yig'ishtirib olib, bir maqsad sari dadil harakat qilish kerak. Bu taxlit yutqazish qo'rqinchli, alamli. SHunday jahlim chiqdiki, tasavvur ham qilolmaysiz. Agar standart vaziyatlardan shu taxlit gollar o'tkazmaganimizda, bugun g'alabaga erishgan bo'lardik,” deya Xolandning so'zlaridan iqtibos keltirmoqda NRK.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar