Xoland – Gvardiola qo'l ostida 25 ta golni eng tez urgan futbolchiga aylandi. U Messini ortda qoldirdi
29 dek 2022 09:15
Yangiliklar


Xoland – Gvardiola qo'l ostida 25 ta golni eng tez urgan futbolchiga aylandi. U Messini ortda qoldirdi
APL 17-turida “Man Siti” 3:1 hisobida “Lids Yunayted”ni engdi.
Erling Xoland uchrashuvda dublga erishdi va “shaharliklar” safidagi umumiy gollari sonini 25 taga etkazib oldi. U bu natijani 20-o'yinida qayd etdi va Pep Gvardiola qo'l ostida 25 ta golni eng tez urgan futbolchiga aylandi. Avvalgi eng yaxshi natija Lionel Messiga tegishli edi. U Gvardiola bilan “Barselona”da birgalik faoliyat olib borgan va 28-uchrashuvida 25-to'pini kiritgandi.
Avvalroq, 22 yoshli norvegiyalik APLda Kevin Fillipsning rekordini yangilagani va gollari bo'yicha otasidan o'tib ketgani haqida xabar bergandik.
O’xshash yangiliklar
04:01
Pep Gvardiola "Tottenxem"ga qarshi o'yindan keyin Husanov haqida juda iliq fikrlar bildirdi 17

Fikrlar