"Uni duellarda yuta olmaganman". Xoland faoliyatidagi eng qiyin raqibni aytdi
29 iyu 2022 09:11
Yangiliklar
"Uni duellarda yuta olmaganman". Xoland faoliyatidagi eng qiyin raqibni aytdi
Norvegiyalik futbolchi Erling Xoland Virjil Van Deykni faoliyatidagi qiyin raqib deb hisoblaydi.
"Bilasizmi, u juda baland, kuchli, tezkor va aqlbovar qilmas reakciyaga ega. U bilan duellarda yuta olmaganman, chunki u "monstr", - dedi Xoland.
Xoland faoliyati davomida uch marta van Deykka qarshi o'ynagan. 2019 yilda "Red Bull" safida ikki marta, shuningdek JCH-2022 saralashi doirasida terma jamoa safida.
Endi Erling va Virjil bitta chempionatda to'p tepadi va ularning qarama-qarshiligi ortadi. "Siti" va "Liverpul" APL chempionligi uchun asosiy davogar jamoalar hisoblanadi.
Fikrlar