Manchester Siti Xolandning jarohati borasida rasmiy bayonot berdi

Khoja
1 apr 2025, 07:40
Manchester Siti yetakchisi Erling Holand mavsum yakuniga qadar jamoasiga yordam bera olmaydi.

Bu haqida klub rasmiy bayonot bilan chiqdi. Klub rasmiy sayti norvegiyalik futbolchi chap oyoq to'pig'idan jarohat olganini ma'lum qildi. Ushbu jarohatni davolash uchun Xolandga kamida ikki oy kerak bo'ladi.

Eslatib o'tamiz, Erling Angliya kubogi chorakfinali doirasidagi Bornmutga qarshi o'yinning (2:1) 61-daqiqasida jarohat olgandi.

O'xshash yangiliklar


KhojaMuallif
Manba: championat.com