Xoland dubli haqida: “JCH-2022'ni o'tkazib yuborganimdan jaxlim chiqqandi. Bugun beshta gol ura olardim”
29 dek 2022 08:40
Yangiliklar
Xoland dubli haqida: “JCH-2022'ni o'tkazib yuborganimdan jaxlim chiqqandi. Bugun beshta gol ura olardim”
APL 17-tur “Manchester Siti” safarda Erling Xolandning dubli evaziga ishonchli hisobda “Lids Yunayted”ni (3:1) engishga erishdi.
“Aniq maqsadlarim bor, ammo buni oshkor qilolmayman. Kiyim almashtirish xonasida beshta gol urishim ham mumkinligini aytdim, ammo asosiysi g'alabaga erishdik.
“Arsenal”ni quvishda davom etishimiz kerak. Yana 1-2 gol ura olardim, lekin hayot shunday, yanada ko'proq mashq qilish kerak.
2022 yilgi mundialni o'tkazib yuborganimdan jaxlim chiqqandi, uyda qolgandim. Batareyalarimni qayta quvvatladim. Boshqalarning qanday gol urishi va JCHda g'alaba qozonishini o'rgandim hamda bu menga turtki, motivaciya berdi, g'azablantirdi ham. Har qachongidan chanqoqman”, degan norvegiyalik to'purar.
O’xshash yangiliklar
18:13
Aleks Fergyuson uning g'azabini qo'zg'ash badali qay darajada og'ir bo'lgani haqida gapirib berdi 6
Fikrlar