Xoland Bundesliganing joriy mavsumdagi eng yuqori tezligini namoyish etdi
11 apr 2021 16:47
Yangiliklar
Xoland Bundesliganing joriy mavsumdagi eng yuqori tezligini namoyish etdi
"Borussiya" (Dortmund) hujumchisi Erling Xoland Germaniya Bundesligasi doirasidagi "SHtutgart"ga qarshi o'yinning bir qismida 36,04 km/s tezlikda yugurgan.
Dortmund klubi matbuot xizmatining xabariga ko'ra, bu Bundesliganing joriy mavsumidagi rekord ko'rsatkich.
Erling Xoland "Borussiya" libosida barcha musobaqalarda 34ta o'yinda maydonga tushib, 33ta gol va 10ta assist qayd etdi.
Qayd etish kerakki, futbolchi uchun bosh davogar ispan grandlari bo'lib turibdi.
Fikrlar