Xoland – Bundesliga tarixida dastlabki uchta o'yinda ettita gol urgan yagona futbolchi
02 fev 2020 09:46
Yangiliklar


Xoland – Bundesliga tarixida dastlabki uchta o'yinda ettita gol urgan yagona futbolchi
“Borussiya” (D) hujumchisi Erling Xoland Bundesliga 20-turida “Union”ga (5:0) qarshi bahsda raqib darvozasini ikki bor ishg'ol etishga erishdi.
19 yoshli norvegiyalik futbolchi uchrashuvning 18- va 76- daqiqalarida gol kiritdi.
Xoland jamoasi safida Germaniya chempionati bahslarida jami ettita gol urishga erishdi. Erling Bundesliga tarixida dastlabki to'rtta uchrashuvida ettita gol kiritgan ilk futbolchi bo'ladi. Qiziqarli tomoni, futbolchi tomonidan darvozaga aniq yo'llagan ettita zarbasining barchasi golga aylandi.
Eslatib o'tamiz, Xoland yanvar oyining boshida “Red Bull Zalcburg” klubidan “Borussiya”ga 20 millioen evro evaziga ko'chib o'tgandi. Norvegiyalik futbolchining Dortmund klubi bilan shartnomasi 2024 yilning 30 iyuniga qadar mo'ljallangan.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar