Xoland Bundesliga rekordini o'rnatdi
25 apr 2021 00:37
Yangiliklar
![](https://championat.asia/upload/storage/633540_original.jpg)
![](/upload/storage/633540_220.jpg)
Xoland Bundesliga rekordini o'rnatdi
Dortmundning "Borussiya" klubi hujumchisi Erling Xoland "Volfsburg"ga qarshi o'yinda ikkita gol urdi (2:0).
"Gracenote Live" xabariga ko'ra, norvegiyalik futbolchi Bundesligada 38 ta gol urib, 21 yoshgacha futbolchilar orasidagi eng ko'p gol urish bo'yicha rekordni yangiladi.
Qayd etilishicha, avvalgi rekord aynan "Borussiya" vakili Jeydon Sancho edi. U 21 yoshga to'lguniga qadar 36 ta gol urishga muvaffaq bo'lgan.
Xoland joriy mavsumda 38 uchrashuvda 37 ta gol urdi va 9 ta golli pas uzatdi.
Matluba Mustaeva
O’xshash yangiliklar
![AMP Logo](https://championat.asia/image/logo-amp.png)
Fikrlar