Xoland Angliya termasida o'ynash haqida o'ylamagan: "Men norvegman va bu bilan faxrlanaman"
13 sen 2020 13:00
Yangiliklar


Xoland Angliya termasida o'ynash haqida o'ylamagan: "Men norvegman va bu bilan faxrlanaman"
Dortmundning "Borussiya" jamoasi hujumchisi Erling Xoland hech qachon Angliya terma jamoasida o'ynash haqida o'ylamagan.
Futbolchi Lidsda tug'ilgan. Uning oilasi Erling 4 yosh bo'lganida Norvegiyaga ko'chib borgan.
- Siz Lidsda tug'ilgansiz. Angliya terma jamoasini tanlash haqida o'ylaganmisiz?
- O'ylaymanki, yo'q. 4 yosh bo'lganimda Norvegiyaga ko'chib borganmiz, shu sabab men bu haqda ko'p o'ylamaganman. Men norvegman va bu bilan faxrlanaman, - deydi Xoland.
Forvard Norvegiya terma jamoasida 2019 yilning sentyabrida debyut qildi va futbolchi bu vaqtda 19 yosh 1 oy edi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar