So’nggi yangiliklar

13:59Аргентина ва Мессини норозилик намойишлари туфайли Анголадаги ўйиндан воз кечишга чақиришмоқда  0 13:30Суперлига. 20-тур дисквалификациялари: "Нефтчи", "Хоразм" ва "Сурхон"да йўқотишлар мавжуд  3 13:12Дуглас Луис АПЛга қайтмоқда  0 12:43Рустам Ашурматов қачон сафга қайтиши маълум  1 12:32АПЛ 1-турининг энг яхши футболчиси аниқланди  1 12:04"Замонавий дарвозабон фақат сейв эмас, жамоа ўйини қуриш ва оёқда ўйнашни ҳам билиши керак" - Денис Иванков билан интервью   2 11:41Паулу Бенту Ўзбекистон терма жамоасида, "Қайрат" тарихий натижага жуда яқин, Кападзе олдидаги катта муаммолар - 20 август кунги энг муҳим хабарлар битта саҳифада   7 11:25Рафинья "Олтин тўп"ни топшириш маросимида иштирок этадими?  5 11:22"Тушунишимча, ҳакам пенальтини ўзи белгиламаган, уни мониторга чақиришган" — "Сўғдиёна" - "Динамо" учрашуви ҳакамлик муҳокамаси  13 10:49"Челси" футболчиси фаолиятини А Серияда давом эттириши мумкин  1 10:27Ўзбекистон терма жамоаси собиқ мураббийи Чехия клубида амалиёт ўтайди  0 10:17Гарначо келажаги борасида бир қарорга келди  4 09:45"Рома"нинг янги футболчиси илк машғулотда жароҳат олди  4 09:17"Манчестер Сити"нинг яна бир футболчиси ёзда жамоани тарк этади  1 08:50"Ливерпуль" асосан захирада қолиб кетаётган футболчисини 50 миллионга сотишга яқин  2

Xojiakbar Tillashayxov: “Yulduz futbolchilarni jamoaga jalb etib, superligaga chiqish oson...” Yangiliklar

Xojiakbar Tillashayxov: “Yulduz futbolchilarni jamoaga jalb etib, superligaga chiqish oson...”

Futbol bo'yicha O'zbekiston XXVIII milliy chempionati PRO liga “debyutanti” “Yashnobod” jamoasi tashkil topganiga hali ko'p bo'lgani yo'q.

Yashnobodliklar chempionat va O'zbekiston kubogi bahslaridagi yorqin o'yinlari bilan ko'pchilikning etiborini tortayotgani sir emas.

Yozgi tatildan unumli foydalanishga harakat qilgan Azizjon Fayziev shogirdlari mavsumning ikkinchi yarmiga poytaxt viloyatining G'azalkent tumanida o'tkazilgan o'quv-mashg'ulot yig'ini orqali hozirlik ko'rishdi. Oqtoshda kechgan tayyorgarlik bosqichidan so'ng, “Yashnobod” jamoasi ikkinchi liga vakili “Sergeli” futbolchilari bilan nazorat uchrashuvida (1:2) maydonga tushdi. Mazkur o'yinda jamoa murabbiylar shtabi o'ndan ortiq yangi futbolchilarni ko'rikdan o'tkazishdi.



Etiborlisi, ushbu bahsni futbol klubi prezidenti — Yashnobod tumani hokimi Xojiakbar Tillashayxov ham kuzatib bordi. O'yin tugagach, Xojiakbar Kamoliddinovich murabbiy va futbolchilar bilan uchrashib, keyingi rejalar va takliflar bilan o'rtoqlashdi.

— Futbolimizda katta islohotlar amalga oshirilayotganidan barchangizning xabaringiz bor, — dedi tuman hokimi Xojiakbar Tillashayxov. — “Yashnobod” futbol klubining tashkil topganiga endigina bir yildan oshdi. Boshqa jamoalardan farqli o'laroq, futbol klubimiz oldiga tumanda millionlar o'yini — futbol ommaviyligini oshirish, bolalar futbolini rivojlantirish bosh maqsad qilib qo'yilgan. SHu maqsadda yosh va intiluvchan mutaxassis Azizjon Fayzievni jamoaga bosh murabbiy etib tayinlaganmiz. Futbolda katta g'alaba va yutuqlarni qo'lga kiritish malum vaqt talab qiladi. Qolaversa, tumanda futbol infratuzilmasini yaratmasdan ijobiy natijalarga erishib bo'lmaydi. To'g'ri, katta sarmoyalar kiritib, yulduz futbolchilarni jamoaga jalb etib, superligaga chiqish oson. Ammo bundan kimga foyda?!



“Yashnobod”ning bugungi tarkibi o'zagini asosan 20-22 yoshli futbolchilar tashkil etadi. Menimcha, jamoaning chempionat bahslarining barqaror o'tkaza olmasligiga bu malum darajada tasir o'tkazmay qolmaydi, albatta. Biroq yashnobodliklarning O'zbekiston kubogi doirasida PRO liga vakillaridan birinchi bo'lib, super liga jamoasi Samarqand dinamochilarini engib, musobaqadan chiqarib yuborganliklari barchamizni birdek xursand qiladi. Oldinda esa yanada jiddiy raqib kutib turibdi. Nimchorak finalda yashnobodliklar super liga peshqadami va amaldagi vice-chempion — “Paxtakor” jamoasi bilan kuch sinashadi. Bu o'yinda qanday natija qayd etilishidan qatiy nazar, “Yashnobod” jamoasi muxlislari futbolchilarimizga ishonadi va ularning keyingi o'yinlarida omad tilaydi. Muhimi, bu kabi uchrashuvlar yosh va umidli futbolchilar uchun katta mahorat maktabi vazifasini o'tab berishiga shubhamiz yo'q.

Moliyaviy muammolar hozir qaysi jamoada yo'q, deysiz. Tuman hokimligi va xomiylar kelgusida “Yashnobod”ni yolg'izlatib qo'ymaydi. Ayni paytda tumanda futbol klubi uchun bosqichma-bosqich zamonaviy shart-sharoitlarga ega stadion va sport qarorgohi qurish ishlari boshlangan. Bu yilgi mavsum jamoa rahbarlari va azolari uchun sinovlar yili bo'layotganini unutmaslik lozim.



Eslatib o'tamiz, “Yashnobod” jamoasi chempionatdagi navbatdagi uchrashuvini 29 iyul kuni safarda “CHig'atoy” futbolchilariga qarshi o'tkazsa, 4 avgust kuni O'zbekison kubogi 1/8 finalida Toshkentning “Paxtakor” vakillari bilan kuch sinashadi.

Reyting: +2   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика