So’nggi yangiliklar

19:06Винисиус Жуниор: "Тез орада "Реал" билан шартномамни узайтираман"  0 18:45Ўзбекистон футзал федерацияси ҳамкорликка чорлайди  0 18:168-8-8...   3 17:54Тотти: "Мен "Олтин тўп" ўрнига "Рома"ни танлаганман"  7 17:26Италия терма жамоаси афсонаси: "Рома" Довбикни узоқ ушлаб турмайди"  4 16:56"Сурхон"нинг 2025 йилги мавсум учун қайдномаси маълум  1 16:35Александр Исак "Ньюкасл"дан Англиянинг бошқа бир жамоасига ўтишига ишора қиляптими?  9 16:13"Атлетико"нинг ЕЧЛ доирасида "Сантьяго Бернабеу"га сафарлари статистикаси  8 15:51Футзал. Ўзбекистон кубоги. Иккинчи давра баҳслари Жиззах ва Андижонда ўтказилади  0 15:32"Реал" "Кристал Пэлас" ярим ҳимоячисини кузатмоқда  0 14:56"Арсенал" "Лилль" ҳужумчисини сотиб олмоқчи  1 14:37Суперлига-2025. Жасур Ҳасанов, Суҳроб Султонов, Артём Филипосян, Александр Лобанов ҳеч қайси клуб қайдномасига кирмади   6 14:14"Атлетико" "Ливерпуль" етакчиларидан бирини ўз сафида кўрмоқчи  2 13:45Рафинья фаолиятини АПЛда давом эттириши мумкин  2 13:26"Барселона" Гёкерешни қанчага сотиб олиши мумкинлиги маълум бўлди  2

"Xo'jand"dagi ikkita o'yinda ikkita gol urgan SHohruh Mahmudhojiev bilan suhbat Yangiliklar

"Xo'jand"dagi ikkita o'yinda ikkita gol urgan SHohruh Mahmudhojiev bilan suhbat

O'zbekistonlik hujumchi SHohruh Mahmudhojiev yaqinda Tojikistonning "Xo'jand" klubi bilan shartnoma tuzdi.

Hamyurtimiz "Surxon"ga qarshi debyut uchrashuvda gol urgandi. Kecha "Olimpik" bilan o'yinda ham SHohruh gol urishga muvaffaq bo'ldi. Biz ushbu o'yindan keyin legioner futbolchimiz bilan suhbatlashdik.

- "Olimpik" bilan bahsda "Xo'jand" safidagi ikkinchi o'yinda, ikkinchi golingizni urdingiz. Uchrashuv haqida nima deya olasiz?

- "Olimpik" bilan nazorat uchrashuvi haqida gapiradigan bo'lsam, yaxshi o'yin bo'ldi. Ikkala jamoa g'alaba uchun kurashdi. Raqibda ham, bizda ham ko'p imkoniyatlar bo'ldi. Tojikistonda yangi mavsum O'zbekistonga nisbatan biroz kechroq boshlanishi sababli "Xo'jand" yig'inni kechroq boshladi. SHu bois bizning jamoadagi futbolchilar eng optimal sport formasida emas. Mavsum boshiga qadar barchasi yaxshi bo'ladi deb o'ylayman. "Olimpik" ham yaxshi jamoaligini ko'rdim. Tarkibda barcha futbolchilar yosh, intiluvchan, jamoaviy o'yin shakllangan. Bosh murabbiy Timur Kapadze haqida ham faqat ijobiy fikrlar bildira olaman. Menimcha "Olimpik" Superligada ko'plab jamoalarga bosh og'riq bo'ladi va yuqori o'rinlar uchun kurasha oladi.

Urgan golimga kelsak, futbol jamoaviy sport turi va jamoadoshlarimning yordamisiz gol ura olmasdim.

- Nima uchun aynan "Xo'jand"ni tanladingiz?

- "Xo'jand"ga o'tishimga eng katta sabab klub bu yil OFK kubogi guruh bosqichida ishtirok etadi. Bundan tashqari Tojikiston chempionatida "Xo'jand" oldiga chempionlik vazifasi qo'yilgan. O'tgan mavsum klub kumush medallarga ega chiqqandi.




- O'zbekiston klublaridan takliflar bo'lmadimi?

- Superliganing 2-3ta klubidan taklif bo'ldi. Ammo o'zimni legioner sifatida sinab ko'rishni xohladim. Tojikiston chempionatida chempionlik uchun kurashish va OFK kubogida ishtirok etish uchun ham "Xo'jand"ga o'tishga qaror qildim. Bu yil "Navbahor" klubiga omad tilayman. "Navbahor" muxlislari O'zbekistondagi birinchi raqamli deb hisoblayman. O'zbekistonga qaytadigan bo'lsam, xudo xohlasa bundan ham kuchli bo'lib qaytaman.

- "Xo'jand" bosh murabbiyi haqida nima deya olasiz?

- Bosh murabbiy Rustam Xodjaev o'z vaqtida tojikistonlik yaxshi futbolchilardan biri bo'lgan. Belarus va Qozog'iston chempionatlarida ham to'p tepgan. Oldin o'zi futbol o'ynagan murabbiy futbolchilarni yaxshiroq tushunadi. Mashg'ulotlarda ham bizga yordam berib, xatolarimizni o'z joyida tuzatib turadi.

- "Xo'jand"dagi sharoitlar qanday ekan?

- Klubdagi sharoitlar yaxshi, bazasi va mashg'ulot maydonlarini bilan tanishdim. Asosiy stadion 25 ming tomoshabinga mo'ljallangan ekan.


Narzulla Saydullaev suhbatlashdi

Reyting: +7   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика