Xitoyning Messini sotib olish siri oshkor bo'ldi

Aslanov Jasurbek
7 fev 2018, 12:52
Yozda nomi oshkor qilinmagan Xitoy klubi "Barselona" hujumchisi Lionel Messini sotib olmoqchi edi.

Argentinalik forvard Yevropani tark etib, Osiyo klubi futbolchisiga aylanganida yiliga kafolatlangan 100 mln. evro olardi.

Biroq Messi taklifni rad etdi va "Barselona" bilan shartnomani 2021 yilgacha uzaytirdi. Ma'lumotlarga ko'ra, nomi oshkor qilinmagan klub "Xebey Chayna Forchun" ekan.

Taklif rad etilganiga qaramasdan Xitoy klubi taslim bo'lmoqchi emas va ular argentinalik bilan shartnoma tuzish uchun puldan boshqa yo'llarni ham ishga solishmoqchi. Bu maqsad yo'lida "Xebey Chayna Forchun" Xaver Maskerano va Esekel Lavessilarni sotib oldi.

Bu ikki futbolchi Messining yaqin do'stlari hisoblanishadi. Xitoyliklar kelajakda Maskerano va Lavessidan "Barselona" futbolchisini jamoaga olib kelish uchun foydalanishmoqchi.

Xitoy klubidagilarning fikricha, Messini jamoaga olib kelish uchun puldan ko'proq narsa kerak va ular, forvard Xitoyda o'zini uyidek his qilishi uchun barcha ishni amalga oshirishmoqchi.

Messining yangi shartnomasidagi tovon puli 700 mln. evro, biroq xitoyliklar bundan qo'rqishmayapti. "Xebey Chayna Forchun" argentinalik bilan shartnoma imzolab, dunyo futbol xaritasiga o'z nomini yozdirib qo'ymoqchi.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: vivabarca.net