Xitoyni qanday mag'lub etish mumkin?
18 iyu 2017 12:47
Yangiliklar
Xitoyni qanday mag'lub etish mumkin?
BARCHASI O'ZBEKISTONNING QO'LIDA
Qatarning Janubiy Koreya ustidan qozongan g'alabasi O'zbekistonga katta sovg'a bo'ldi. Agar 5 sentyabr kuni O'zbekiston so'nggi turda Toshkentda aynan Janubiy Koreyani qabul qilishini hisobga olsak 31 avgust kuni Xitoyga qarshi bahs juda muhim bahsga aylanishini anglash mumkin. O'sha kuni koreyslar o'z maydonida mundialga chiqib bo'lgan Eronni qabul qiladi. Eron uchun endi natija hech qanday ahamiyat kasb etmaydi, shu bois O'zbekiston Xitoyni mag'lub etishi shart. O'zbekistoning taqdiri o'z qo'lida.
SIFAT VA SON BILAN
O'tgan yil oktyabr oyida Xitoy Toshkentda mag'lub etilgandi. Bikmaev va SHukurovning ikkinchi taymda urgan gollari O'zbekistonga g'alaba keltirgandi. O'sha oqshom mezbonlar eng muhimini amalga oshirishdi: ikkinchi taymda hujumkorlikni oshirishdi va so'nggi daqiqaga qadar koncentraciyani yo'qotishmadi.
Toshkentdagi bahsda hujumni yaratishdagi etakchilar Odil Ahmedov va Server Jeparov InStatSport ko'rsatkichi bo'yicha 108 va 100 TTH (texnik-taktik harakat) amalga oshirishdi, muvaffaqiyatli TTH 69 % va 80 % bo'ldi. O'sha o'yinda Ahmedov 10 marta raqibni aldab o'tdi, ulardan 7 tasi omadli chiqdi.
O'sha bahsda O'zbekiston to'p bilan 58 % muomala qilib raqib darvozasi tomon 18ta zarba berishdi, mehmonlar esa Lobanovni ikki martagina bezovta qilishdi xolos. Samvel Babayan jamoasi pas berishda ancha yaxshi harakat qilgandi: 85 % aniqlik. Xitoyda bu ko'rsatkich 78 foizni tashkil qildi. O'zbekiston bahs davomida raqibga nisbatan 85ta ko'proq pas berdi.
Sifatga ega bo'la olmagan joylarda esa O'zbekiston son bilan ustunlikka erishdi – aldab o'tishlar bo'yicha: 27-22. InStatSport bo'yicha xitoyliklar aldab o'tishda omadliroq bo'lishdi (73 %, O'zbekistonda 59 %), ammo raqibga bosim uyushtirishda son ham muhim rol o'ynadi.
RAQIBGA IMKON BERILMADI
O'sha uchrashuv Xitoy uchun saralashdagi eng yomonlaridan biri bo'ldi. Bunda birinchi navbatda O'zbekiston terma jaomasining xizmatlari katta bo'lgandi. Mehmonlar yakkakurashlarda ustunlik qilishdi (53 %), bundan tashqari ular havodagi kurashlarda ham ko'proq g'olib bo'lishdi (55 %). Ammo Xitoyning jamoaviy InStatIndex ko'rsatkichi 179ga teng bo'ldi. Bundan past ko'rsatkich saralashda faqat bir marta, uyda Suriyaga yutqazilganda, qayd etilgandi.
Uydagi Janubiy Koreya (g'alaba 1:0) va Qatar (durang 0:0) bilan o'yinlarda esa Xitoyning InStatIndex 232 – 233 atrofida bo'lgandi. InStatIndex har bir futbolchining foyda keltirganligi bo'yicha hisob-kitob olib borishini inobatga olsak: Toshkentda O'zbekiston terma jamoasi raqibga deyarli imkoniyat qoldirmagan edi.
Xitoyliklarning eng kuchli futbolchilarining TTH ko'rsatkichlari ham past bo'lgandi. Deyarli bir taym davomida o'ynagan Gollandiyaning Vitess klubi yosh hujumkor yarim himoyachisi Yuning Jang maydonda deyarli ko'ringani yo'q (pas berishda aniqlik 44 %, yakka kurashlardagi g'oliblik 18 % va omadli TTH - 32 %).
XITOYDA YORQINLIK YO'Q
Xitoy terma jamoasi odatga ko'ra juda mehnatkash, ularning futbolchilari o'yin davomida juda ko'p yugurishadi. Ammo taktik-texnik tomonlama hech qanday yorqinlik ko'rinmaydi. Xitoy saralash bahslarida yoki 4 – 3 – 3, yoki 4 – 2 – 3 – 1 taktikasidan foydalanib kelmoqda. Bu esa hujumdagi variantlar kamroq ekanligini ko'rsatadi. Toshkentda O'zbekiston bilan o'yindagi atiga 2ta zarba haqida yuqorida yozdik. Tehronda Xitoy eronliklar darvozasi tomon 5ta zarba berishdi. Insaydlar faol, ammo ulardan keladigan paslar aniqligi juda past.
Oldinda turgan o'yinda Xitoy mezbon bo'ladi, O'zbekiston raqibning yana bir jihatiga etibor qilishi lozim: raqib uchrashuvlarning dastlabki daqiqalarini juda faol o'tkazadi. Bu Toshkentdagi o'yinda ham kuzatilgandi. Xitoy dastlabki 10 – 15 – 20 daqiqada juda kuchli pressing qilgan va futbolchilar juda tez hujumga o'tishga urinishgan. Agar mana shu daqiqalarda O'zbekiston xatoga yo'l qo'ymasa va gol o'tkazmasa ijobiy natija uchun imkoniyat oshib ketadi.
JCH-2018 yo'llanmalaridan biriga ega chiqish umidini Xitoy 13 iyun kuni uzib bo'ldi. Jamoa so'nggi daqiqalarda Suriyadan gol o'tkazib yuborib g'alabani boy berdi (2:2). Yakkakurashlarda katta ustunlik qilgan Xitoy (ikkinchi bo'limda g'olib chiqilgan yakkakurashlar 55%) o'ng qanotdagi juda past effektivlik tufayli g'alabani saqlab qola olmadi. Bu joydan tashkil etilgan 35ta hujumning hech biri!!! Zarba bilan tugamadi. Uchrashuv oxirida to'pni saqlab turish o'rniga xitoyliklar deyarli katta kuch bilan himoyaga o'tib olaverishdi. Yakunda darvoza qarshisidan belgilangan jarima to'pidan so'ng gol o'tkazib yuborishdi va 3 ochko 1 ochkoga aylandi.
Fikrlar