So’nggi yangiliklar

10:09Футбол, Ҳасанбой ва бошқалар. Бугун Париж Олимпиадасида иштирок этадиган спортчиларимиз рўйхати билан танишинг  1 10:00УзПФЛ. «Нефтчи» етти нафар футболчини рўйхатдан ўтказди ва яна шунча футболчи билан хайрлашди  1 09:28FourFourTwo. Футбол тарихидаги энг яхши таянч яримҳимоячилар рейтинги тузилди  3 08:56Ибаи Гомес: "Ўзбекистонга қарши ўйинда ғалаба қозонсак, кейинги босқичга йўл олишимизга ишонаман"  5 08:25«Насаф» собиқ дарвозабони ва яна икки нафар футболчи. «Қўқон-1912» уч нафар футболчи билан шартнома тузди  1 07:55Канада терма жамоаси гуруҳда иккита учрашувда ғалаба қозонди, бироқ уларда ҳозирча 0 очко. Қандай қилиб?  2 07:24Бугун Доминикан Республикасига қарши майдонга тушамиз  19 01:30Педри ваъдасида туриб, мўйлов қўйди  4 00:30Левандовски: "Мбаппе - "Барселона" учун қўшимча мотивация"  5 00:00Назорат учрашувида "Пахтакор" "Машъал"га мағлуб бўлди  5 23:45"Челси" билан музокара ўтказган Кьеза "Тоттенхэм"га ўтиши мумкин  1 23:11"Арсенал" ҳужумчи борасида яна Италия клубига мурожаат қилди  3 22:44Мбаппе Франция клубининг бошқарув акциялари пакетини сотиб олади  1 21:55"Насаф" яна бир трансфер ҳақида эълон қилди  5 21:35"Арсенал" 45 млн. еврога ҳимоячи сотиб олди  2

Xitoylik "uyg'otgan" gigant Yangiliklar

Xitoylik "uyg'otgan" gigant

Teglar :  Parma
"Parma" qaytmoqda. Gigant bo'shliqdan qayta yaralmoqda.

Bu yolg'on so'zlar emas, hatto men ham gapirmaganman. Bu "Parma"ning yuragi bo'lgan Czyan Lichjanning sirli gaplari.

"Parma" qaytmoqda, kecha "gercog"lar "Speciya"ni taslim etishdi va 3 mavsum davomida D Seriyadan A Seriyaga qaytishdi. Qaytadan dunyoga kelgan jamoa yanada yuqoriga intilayotgani esa quvonarli hol.

G'alaba, mag'lubiyat, "uchib ketish", qaytish - parmaliklar tarixida har doim bo'ladigan hodisa. Bir vaqtlar bir nom bilan "o'lgan ricar" boshqa nom bilan qaytdi va barcha erni o'z qo'liga oldi.

"Parma"ning qayta uyg'onishi mahalliy tadbirkorlarning konsorciumidan boshlandi. Ular jamoani 10 yillar oldingi holatini qaytarishga harakat qilishdi. Bir vaqtlar o'zini sevadigan klub prezidenti Bolqondan o'tkinchilarni tanladi, yarim yil o'tib jamoani o'g'rilar bosib ketdi. Yozga borib, yorqin jamoadan asar ham qolmadi. Hatto klubdagilarning oldida tanlov ham yo'q edi.

Jamoa qiyin holatda qolganida klubni italiyalik 7 avtoritet inson o'z qo'liga oldi va "Yangitdan boshlanish" nomli loyihada birlashishdi. Marko Ferrari, Jakomo Malmezi, Anjelo Gandolfi va Mauro Del Rio kabi davlatni rivojlantirish yo'lida xizmat qilayotganlarning yoniga Pizzarotti & C. S.p.A direktorlaridan biri - Bruno Melardi, poygachi avtolar konstruktori Janpaolo Dallara va spagettilar biznesi bilan shug'ullanadigan Gvido Barilla kabi insonlar qo'shildi. Bu esa katta ettilik deb nomlandi.

Akciyadorlar yuzlab tifozilari bor Parma Partecipazioni Calcistiche bilan birlashdilar va bu o'z foydasini bera boshladi.

Yangi akciyadorlar shunchaki qaytishni o'ylashmadi, ular Italiyaga yangicha tartib qanday bo'lishini ko'rsatmoqchi edilar. Yangilanish falsafasi esa barchani, futbolchilardan tortib, har bir boshqaruvchi vakilga qadar qamrab olinishi kerak edi. Ular "Parma" - biz" degan shiorni tanlashdi va ochiqlik yo'liga o'tishdi. "Yigitlar, barchamiz bir avtobusdamiz", - degan taklifni kiritishdi.

Bu ish berdi. Jamoa D Seriyada bo'lsa ham, 10 mingdan oshiq abonement sotishga erishdi, har bir uchrashuvda tribunalar to'ldi va bahslar shouga aylandi. "Parma" stadioni g'alabalarni taqdim etadigan teatrga aylanib qoldi. Biroq jamoani ichki muammolar tark etmadi. SHu boisdan jamoa xitoyliklarga sotildi.

Aniqroq aytganda bir xitoylikka. Czyan Lichjan yozda S Seriyaga ko'chib o'tganida "Parma"ning yonida paydo bo'ldi. U katta ettilik vakillari bilan uchrashdi, ananaviy Xitoy ovqatlari bilan mehmon qildi. Noyabr oyida esa ishlar yakunlandi. Lichjan jamoaning 60 foiz akciyalari egasi bo'ldi.

Ushbu savdo ishlarini xoinlikka yo'yishdi. Klubdagilar "Parma" - bu biz" degan shiordan voz kechishdi. Xitoy pullari jamoaga kuchni qaytardi va qayta yaralish ishlari yanada yaxshilandi.

"Parma" "yuragi"ni sotgan bo'lsa ham, biroq yaxshigina xaridorga ega bo'ldi. Czyan Lichjan - adolatli xitoylik. Unda "Inter" yigitlari kabi milliardlar yo'q yoki "Milan" kabi katta transferlar qila olmaydi. Czyan barchasini hisobga oladi, umidli futbolchilarni izlaydi va minimalizaciyaga intiladi. Qachondir u o'zining sport gazetalarini sotgan va shu tarzda pullarni jamg'arib, “Desports” marketing kompaniyasini tuzgandi. Bir vaqtlar Fuczyan provinciyasida ko'cha changitib yurgan bolakaydan sport dunyosidagi mashhur inson yaraldi.

"Parma" - uning yagona loyihasi emas. Czyan "Granada" va "CHuncin Lifan" hamda "Minnesota" nomli basketbol jamoasini boshqaradi. Biroq u o'z jamoalariga moliyaviy tomondan “Desports” pullarini emas, o'z mablag'larini sarflaydi. Lichjan Xitoy hukumati etiboridan chetda qolmaydi, chunki u o'z mamlakati uchun foydali eksportlarni ham amalga oshiradi.

Kelishuvning asosiy kardinali - Ernan Krespo. U Lichjanning oldiga bordi, mahalliy biznesmenlar bilan tanishtirdi va xitoylikning gaplarini eshitishni iltimos qildi. SHu boisdan Ernan xitoylikning o'ng qo'liga va tayanchiga aylandi. Argentinalik "Parma"ni 94 gol bilan tark etgandi va keyinchalik vice-prezident etib tayinlandi. Bu "Parma" boshqaruvidagi yagona o'zgarish bo'ldi.

Katta ettilik klubdagi 30 foiz akciyasini o'zida saqlab qoldi, 10 foiz akciya esa muxlislarga tegishli. Ular uchun direktorlar kengashida faqatgina bir joy qolgan, ammo eshitish uchun bir kishi ham etarlicha. SHior o'zgargan bo'lsa-da, maqsad bitta. Falsafalar o'rniga vazifalar, rivojlanish o'rniga istiqbolli rejalar kiritildi.

"Parma" ikki yil ichida A Seriyaga qaytishi kerak" - bu jamoaning yangi egasi maqsadiga aylandi. Agarda jamoa D’Aversani saqlab qoladigan bo'lsa, bu uddalanishi mumkin edi.

Roberto D’Aversa – "Parma"ning asosiy yulduzi. Uning faoliyatiga bir so'z - omadsizlik bilan baho bersak bo'ladi. U "Milan" tarbiyalanuvchisi sifatida faoliyatini boshladi, ko'p bora jamoalarini o'zgartirdi va jamoa sardori sifatida faoliyatini yakunladi. Uning murabbiylik faoliyati yaxshi boshlandi.

Bir yil oldin ichki muammolar, katta tartibsizliklar bo'layotgan bir vaqtda u "Parma"da paydo bo'ldi. O'shanda jamoa egalari falsafani buzayotgani uchun Skala, Minotti, Apolloni va Galassini ishidan bo'shatdi. Ular jamoaga yangicha tartibni targ'ib qiladigan, ricarlar kabi ish tutadigan inson qidirishdi. "Ularga teshilgan maktubda xoinlik qilishganini yozib qoldirishdi“.

D’Aversa jamoaning rivojlanish siyosatiga etibor bermaydi, u jamoasining maydondagi ishlariga javob beradi. U ham o'z falsafasini qo'llay boshladi: "Faqat futbol“. U murabbiy etib tayinlanganida vice-prezident Ferrari shunday degandi: "Biz o'z qidirganimizni topdik“.

Endi jamoa och qolgan yirtqich hayvondek o'yin ko'rsatmoqda. Yangi "Parma" 4-3-3 taktik sxemasida shakllangan va yuqori pressingga asoslangan. Jamoa markazda uchburchak hosil qilgan va qanotlardan hujumga o'tadi. Natijalar esa alo!

Xo'sh, jamoaning xitoyliklar qo'l ostiga o'tishi xoinlikmi? Bunisi muhim emas. "Parma" qaytmoqda, "Parma"ni xitoyliklar qaytarmoqda. Aslida xoinlik 3-4 yillar avval sodir bo'lgan. Xitoyliklar jamoaga adolatni qaytardi. Bundan esa barcha xursand bo'lmoqda.

Mirjalol Normatov tarjimasi

Reyting: +23   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика