Xitoyda o'tgan "Origin Cup"da "Atletiko" g'olib chiqdi
10 okt 2016 15:58
Yangiliklar
Xitoyda o'tgan "Origin Cup"da "Atletiko" g'olib chiqdi
Bu haqda Xitoy futbol associaciyasining rasmiy sayti xabar berdi.
"Zibo city sport Center"da o'tgan musobaqada "Atletiko", "Verder", "Sepaxon" va Xitoy terma jamoasining 15 yoshgacha bo'lgan futbolchilaridan tashkil topgan jamoalari ishtirok etdi.
1-tur
"Sepaxon" - "Verder" 0:4
Xitoy - "Atletiko" 0:1
2-tur
"Sepaxon" - "Atletiko"
Xitoy - "Verder" 1:1
3-tur
"Atletiko" - "Verder" 3:1
Xitoy - "Sepaxon" 3:2
Birinchi o'rin ispan grandi o'smirlariga nasib etdi. Germaniyadan tashrif buyurgan futbolchilar ikkinchi o'rinni egallashdi. Turnir mezboni uchinchi o'rin bilan kifoyalanishga majbur bo'ldi. Eronliklar musobaqada birorta ochko ishlay olmay, so'nggi o'rinni band etishdi.
Xitoy o'smirlar terma jamoasi turnir yakunida feyr-pley sovrini bilan mukofotlandi. "Atletiko"ning 9-raqamli futbolchisi Serxio Karmelo musobaqa to'purariga aylandi. "Origin Cup"ning eng yaxshi o'yinchisi nomiga madridliklarning 7-raqamdagi futbolchisi Sedrik Tekila sazovor bo'ldi.
Turnir tashkilotchilari kelajakda ushbu musobaqa doimiy bo'lishiga umid qilishmoqda.
Fikrlar