Xitoyda ertaga video assistent tizimi ishga tushadi (+FOTO)
21 okt 2017 13:06
Yangiliklar
Xitoyda ertaga video assistent tizimi ishga tushadi (+FOTO)
Endi Xitoy Superligasida ham video assistent tizimidan foydalaniladi.
Ertaga ushbu tizimi ilk marotaba Xitoy chempionatida ishga tushiriladi. Bu haqda osiyolik jurnalist Je Ji o'zining "Tvitter"dagi sahifasida elon qildi.
Taqdim etilgan suratlarda video assistent tizimini ishga tushirish uchun uskunalar o'rnatilayotgani va sinovdan o'tkazilayotgani aks etgan. Hozircha bu tizimi aynan qaysi o'yinda foydalanishi malum emas. Ertaga Xitoy chempionatining quyidagi uchrashuvlari bo'lib o'tadi.
"CHanchun Yatay" - "Jiangsu Sainty"
"SHanxay SIPG" - "CHangsha Ginde"
"Guanchjou Evergrand" - "Guychjou Toro"
"CHongyaing Lifan" - "SHanxay SHenxua"
"Tianyin Tayda" - "Beyjing Goan"
Fikrlar