So’nggi yangiliklar

10:32"Шўртан"нинг икки нафар асосий футболчиси "Хоразм" йиғинида  0 10:06"Сурхон" яна бир футболчиси билан хайрлашди  0 09:40Sofascore. Ҳусанов кечаги учрашувдаги ҳаракатлари учун неча баҳога лойиқ кўрилди?  1 09:18Чет эллик мутахассис Суперлига жамоасининг бош мураббийи бўлади  2 08:48Ҳусниддин Алиқулов фаолиятини бошқа жамоада давом эттириши мумкин  4 08:22Алижонов "Пахтакор"да қолиш учун йирик битимни рад этди  18 02:59Ла Лига. "Атлетико" меҳмонда "Реал Сосьедад"га қарши ўйинда очко йўқотди  3 02:51А Серия. "Интер" ўз майдонида "Болонья"ни мағлуб этди  1 02:44Лига 1. ПСЖ дербида "Париж"ни мағлуб этди  2 02:10Африка кубоги. 1/8 финал. Камерун ЖАРни мағлуб этди, Марокаш Танзаниядан устун келди  1 00:58Тео Эрнандес А Серияга қайтиши мумкин  0 00:30АПЛ. "Ман Сити" "Челси"га қарши ўйинда 90+4 дақиқада тўп ўтказиб юборди ва ғалабани бой берди, Ҳусанов 51-дақиқада захирадан ўйинга қўшилди  45 23:24Винисиус 18 та ўйиндан бери гол уролмаяпти. Охирги гол октябрь ойининг биринчи ярмида киритилган  2 22:40АПЛ. “Ньюкасл” “Кристал Пэлас”ни, “Брентфорд” “Эвертон”ни мағлуб этди, “Тоттенхэм” эса ўз уйида “Сандерленд”ни мағлуб эта олмади  1 22:30АПЛ. "Фулхэм" "Ливерпул"га қарши ўйинда 90+4 дақиқада ўтказиб юборилган голдан сўнг 90+7 дақиқада тўп киритиб, ҳисобни тенглаштирди  15

Xitoy U-20 bosh murabbiyi: "Birinchi navbatda, guruhdan chiqishimiz kerak" Yangiliklar

Xitoy U-20 bosh murabbiyi: "Birinchi navbatda, guruhdan chiqishimiz kerak"

Xitoy U-20 bosh murabbiyi Antonio Puche Visente 1-tur doirasidagi Yaponiyaga qarshi bahs oldidan jurnalistlar savollariga javob berdi.

"Biz bu erda bo'lib turganimizdan xursandmiz, pandemiyadan so'ng yana bunday musobaqalarning qaytishi kuvonarli. Ushbu turnir terma jamoamiz uchun katta sinov bo'ladi. Futbolchilar o'zini yaxshi ko'rsatishiga umid qilaman", – deya gap boshladi xitoyliklar murabbiyi.

- Xitoy terma jamoasinig musobaqaga qanday tayyorgarlik ko'rgani haqida qisqacha gapirib o'tsangiz...

- Turnirga tayyorgarlik ko'rish uchun etarlicha vaqt bo'ldi. Yig'in o'tkazdik va mana hozir Toshkentdamiz va ertaga bizni birinchi uchrashuv kutib turibdi.

- Ertangi raqibingiz juda kuchli jamoa. Ularga qarshi qanday o'ynamoqchisizlar?

- Birinchi uchrashuvdagi raqibimiz Yaponiya juda kuchli terma jamoa. Yaponiyaliklar har doim tartibli o'yin ko'rsatishi bilan ajralib turishadi. Yaponiyaliklar tarkibida iqtidorli o'yinchilar ko'p. Bizning yigitlar yaxshi tayyorgarlik ko'rishgan, ertangi uchrashuvda futbolchilar yaxshi raqobat ko'rsata olishadi deb o'ylayman. Avvalroq aytib o'tganimdek, turnir o'yinchilar uchun tajriba maydoni bo'ladi. 

- Jamoangizdan qanday natija kutmoqdasiz?

- Birinchi navbatda, guruhdan chiqishimiz kerak, keyinchalik esa qadamma-qadam maqsadimiz sari intilamiz. Maqsadimiz – yarim finalga chiqish.

Reyting: +1   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика