Xitoy terma jamoasini "Sevilya" va Argentina sobiq ustozi boshqarishi mumkin
19 noy 2018 17:06
Yangiliklar
Xitoy terma jamoasini "Sevilya" va Argentina sobiq ustozi boshqarishi mumkin
Argentina terma jamoasi va "Sevilya" sobiq bosh murabbiyi Xorxe Sampaoli Xitoy bosh murabbiyga aylanishi mumkin.
Malumotlarga ko'ra, Xitoy futbol federaciyasi vakillari Sampaoli bilan muzokaralarni boshlab yuborgan. Agar tomonlar kelishuvga erishsa, murabbiy yiliga 15 mln evro ishlab topadi.
Sampaoli Marchello Lippi o'rnini egallishi mumkin. Italiyalik mutaxassis kelasi yilning yanvar oyida, Osiyo Kubogi yakunlanganidan so'ng Xitoy terma jamoasini tark etadi.
Xorxe Sampaoli qo'l ostidagi Argentina terma jamoasi JCH-2018da 1/8 finalgacha etib bordi. Argentinaliklar ushbu bosqichda Franciyaga mag'lub bo'ldi. Turnirdan so'ng Sampaoli milliy jamoani tark etdi.
O’xshash yangiliklar
18:38
Xitoy U-20 terma jamoasi o'zi mezbonlik qilgan xalqaro turnirda chempion bo'ldi, O'zbekiston esa... 0
Fikrlar