Xitoy - O'zbekiston. Taxminiy tarkibimiz
31 avg 2017 11:07
Yangiliklar
![](https://championat.asia/upload/storage/275192_original.jpg)
![](/upload/storage/275192_220.jpg)
Xitoy - O'zbekiston. Taxminiy tarkibimiz
Saytimiz xodimlari ushbu o'yin uchun taxminiy tarkibni tuzib chiqishdi.
Darvozani bu safar Ignatiy Nesterov egallashi mumkin. Himoyada deyarli o'zgarishlar kuzatilmaydi deb o'ylaymiz. Tayanch yarim himoyada Fozil Musaev o'ynashi kutilmoqda. Ahmedov va Jeparov hujumchi ortida o'ynashadi. Qanotlarda Bikmaev va Rashidov harakat qilishadi. Hujumda doimgidek Igor Sergeev o'ynaydi.
Bu shunchaki saytimiz vakillarining taxminiy tarkibi xolos. Barchasini Samvel Babayan boshchiligidagi terma jamoa murabbiylar shtabi aniqlaydi.
championat.asia talqiniga ko'ra O'zbekistonning Xitoy bilan o'yin uchun taxminiy tarkibi: Ignatiy Nesterov, Vitaliy Denisov, Anzur Ismoilov, Egor Krimec, Islom To'xtaxo'jaev, Fozil Musaev, Odil Ahmedov, Server Jeparov, Sardor Rashidov, Marat Bikmaev, Igor Sergeev
O’xshash yangiliklar
![AMP Logo](https://championat.asia/image/logo-amp.png)
Fikrlar