Xitoy klubi Torresga yiliga 15 mln maosh to'lamoqchi
23 fev 2018 17:03
Yangiliklar


Xitoy klubi Torresga yiliga 15 mln maosh to'lamoqchi
Xitoyning "Dalyan Ifan" jamoasi rahbariyati "Atletiko"ning ikki futbolchisiga qiziqish bildirmoqda.
CHorshanba kuni madridliklar etakchisi Yannik Karraskoning “Dalyan”ga o'tishi, uning transfer narxi 30 mln evro, o'zi esa Xitoyda yiliga 10 mln evro maosh olishi haqida xabar berilgandi.
Endi Xitoy jamoasi “Atletiko” hujumchisi Fernando Torresni ham sotib olishni maqsad qilishmoqda. Forvard Osiyoda yiliga 15 mln evro maosh olishi kutilmoqda.
Torresning “matraschilar” bilan shartnomasi 2018 yilga qadar davom etadi. Xitoyda transferlar oynasi 28 fevral kuni yopiladi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar