Xitoy klubi "Napoli" o'yinchisini o'z tarkibiga qo'shib olmoqchi
30 apr 2020 16:30
Yangiliklar


Xitoy klubi "Napoli" o'yinchisini o'z tarkibiga qo'shib olmoqchi
"Napoli" yarim himoyachisi Xose Kalexon faoliyatini Xitoyda davom ettirishi mumkin.
32 yoshli hujumkor yarim himoyachiga Xitoy chempionatidagi klubdan taklif kelib tushdi.
Kalexonga "Dalyan Ifan" davogarlik qilmoqda. Bu jamoada "Napoli" sobiq sardori Marek Gamshik to'p tepadi, bosh murabbiy esa aynan neapolliklar sobiq ustozi Rafa Benites sanaladi.
Qo'shimcha qilish kerakki, ispaniyalik futbolchining xizmatlariga shuningdek "Valensiya" ham qiziqish bildirmoqda. Futbolchi hali kelajagi borasida qaror qabul qilmadi.
Xitoy klubi katta ehtimol bilan ushbu o'yinchining xizmatlariga Yannik-Ferreyra Karraskoning "Atletiko"ga ketganidan so'ng qiziqib qolgan.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar