Xitoy klubi "Bavariya" futbolchisiga 25 million evro taklif qildi
17 iyu 2019 18:25
Yangiliklar


Xitoy klubi "Bavariya" futbolchisiga 25 million evro taklif qildi
"Bavariya" yarim himoyachisi Tomas Myuller Xitoy Superligasida ishtirok etuvchi klubdan taklif oldi.
Hozircha nomi aytilmayotgan klub 29 yoshli germaniyalik xavbekka yiliga 25 million evro miqdorida maosh berishga tayyor. Ammo, futbolchining o'zi kelajagi borasida aniq qaror qabul qilgani yo'q.
Myuller myunxenliklar sharafini 2007 yildan beri himoya qiladi. Yarim himoyachi yakunlangan mavsum Bundesligada 32ta o'yinda maydonga tushib, 6ta gol va 9ta assistga erishgan.
Oldinroq, "Barselona" futbolchisi Arturo Vidal ham Superliga klubidan taklif olgani haqidagi xabarlar yangragandi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar