So’nggi yangiliklar

00:47МЮ Мактоминейни АПЛнинг бошқа бир клубига сотмади  0 00:35Кьеза фаолиятини Англияда давом эттиришга яқин турибди  1 00:05"Динамо" Жаҳонгир Ўрозов ва Муҳаммадали Турсуновни ўз таркибига қўшиб олди  0 23:30Жоау Канселунинг кейинги манзили Саудия Арабистони бўладими?  0 22:55Ханс-Дитер Флик: "Ямалнинг оёғи ердан узилмаслиги керак"  1 22:15ОКМК назорат ўйинида "Олимпик"ни йирик ҳисобда мағлуб қилди  1 21:35Матс Хуммелс Еврокубокларда ўйнайдиган А Серия клубига ўтиши мумкин  0 20:54"Қизилқум" назорат ўйинида "Локомотив U21"га мағлуб бўлди  0 20:31Расман: Стадиондаги муаммо сабаб "Динамо" — "Навбаҳор" учрашуви қолдирилди  52 20:00Де Хеа фаолиятини А Cерияда давом эттирадими?  1 19:39Ана холос! "Рома" ва "Тоттенхэм" собиқ ҳужумчиси 11 йилдан сўнг фаолиятини тиклашга қарор қилди  4 19:13УEФА Суперкубоги ўйинини ким бошқариши маълум  0 18:49Погбанинг акаси Бельгиянинг учинчи лигасида ўйнайди  5 18:25"Бунёдкор" собиқ бош мураббийи Парижда ўғриликка учради  14 18:01"Шўртан" учта трансферни амалга оширди  3

Xitoy chempionati bahslariga qancha odam tashrif buyuradi? Yangiliklar

Xitoy chempionati bahslariga qancha odam tashrif buyuradi?

Dunyoda eng tez rivojlanayotgan Xitoy chempionatini stadiondan qancha odam tomosha qilishini bilasizmi?

Qishdagi holatni kuzatib Xitoy chempionati dunyoda eng tez o'sayotgan birinchilik deb o'ylab qolasiz. Yangi transferlar avvalgidanda yirikroq, har bir yangi xabar yoki mish-mish katta bahslarga sabab bo'lmoqda. Ushbu o'yinlarni ko'rish uchun stadionga tashrif buyurish chempionatga bo'lgan qiziqish kabi o'sadimi?

Xitoy chempionati "bahor-kuz" tizimida o'tkaziladi. Oktyabr oyida yakunlangan o'tgan mavsumda muxlislarning stadionga tashrifini raqamlarda ko'ramiz.


Eng ko'p muxlis yig'a oladigan jamoa ketma-ket 6 marotaba Xitoy chempionatida g'olib bo'lgan - "Guanchjou Evergrand". Endi Xitoy jamoasi natijalarini Evropa klublariniki bilan solishtiramiz.

PSJ - 46160

"Inter" - 45538

"Glazgo Reynjers" - 45325

"Seltik" - 44850

"Guanchjou Evergrand" - 44764

"Liverpul" - 43910

"Sanderlend" - 43071

"Marsel" - 42015


"Tyanxe" jamoasi stadioni sig'imi 60 151 ekanligini hisobga olsak, tez orada klubning ko'rsatkichlari Evropadagi top-10lik bilan bir xil bo'lishini taxmin qilish mumkin. O'tgan mavsumda "SHtutgart" kuchli o'nlikda o'rtacha 51 983 natija bilan eng so'nggi o'rinda edi.

Xitoyda ikkinchi o'rin "Czyansu Sunin"ga tegishli. Bu "Lion", "Sporting", "Napoli" va "Yuventus" darajasi. Uchinchi o'rinni "Beyczin Goan" egallab turibdi. Uning ko'rsatkichlarini "Valensiya" va "Tottenxem"niki bilan solishtirish mumkin.

Umuman olganda liganing o'rtacha ko'rsatkichi jahon darajasiga chiqdi. Agar bu raqamlarga yana bir necha yuz muxlis qo'shilganida, Xitoy chempionati eng ko'p muxlis yig'adigan kuchli 10 liganing biriga aylanar edi.


Stadionga tashrif buyurayotgan ishqibozlar soni ketma-ket to'rtinchi mavsum to'xtovsiz oshayotganini hisobga olsak, futbol klublarining sarf-xarajatlari o'zini oqlamoqda. Xitoy aholisi dunyoning eng mashhur sport turiga jiddiyroq qiza boshlamoqda. Xitoy klublari hozirdanoq muxlislar borasida Evropaning kuchli klublariga raqobatchilik qilayotgan bo'lsa, kelajakda bizni nimalar kutib turibdi?

Reyting: +23   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика