Xitoy 1-ligasi. Babayan jamoasi durang o'ynadi, To'xtaxo'jaev harakat qilayotgan “SHenyan Urban” esa safarda g'alaba qozondi (+jadval)
20 sen 2020 20:50
Yangiliklar
Xitoy 1-ligasi. Babayan jamoasi durang o'ynadi, To'xtaxo'jaev harakat qilayotgan “SHenyan Urban” esa safarda g'alaba qozondi (+jadval)
Samvel Babayan boshchiligidagi “CHanchun Yatay” mehmonda “Nantong Jiun”ga qarshi to'qnash kelib, nursiz durang (0:0) o'ynadi. Babayan shogirdlari “S” guruhi jadvalida 7 ochko bilan peshqadamlik qilmoqda. Jamoa 4-turni 23 sentyabr kuni “Kunshan”ga qarshi o'z maydonida o'tkazadi.

Islom To'xtaxo'jaev harakat qilayotgan “SHenyan Urban”ga esa “Guychjou CHjichen” maydonida 2:0 hisobida zafar quchdi. To'xtaxo'jaev uchrashuvni asosiy tarkibda boshlab, to'liq 90 daqiqa harakat qildi. Mazkur g'alabadan keyin “SHenyan Urban” hisobidagi ochkolar soni 4taga etdi va jamoa “B” guruhida 3-o'ringa ko'tarildi. “SHenyan Urban” keyingi turni uyda "Czyansi Lyanshen"ga qarshi 23 sentyabrda o'tkazadi.
“Guychjou CHjichen” - “SHenyan Urban” 0:2 (0:1, 0:1)
"Guyyan Olimpiya" o'yingohi
Gollar: Yuvel Cumu 35, Vang 73

O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ла Лига. "Реал Мадрид" ўз уйида "Реал Бетис"га 5 та гол урди
АПЛ. "Ман Сити" "Челси"га қарши ўйинда 90+4 дақиқада тўп ўтказиб юборди ва ғалабани бой берди, Ҳусанов 51-дақиқада захирадан ўйинга қўшилди
Алижонов "Пахтакор"да қолиш учун йирик битимни рад этди
Ла Лига. "Барселона" сўнгги дақиқалардаги иккита гол эвазига "Эспаньол"ни мағлуб этди
Fikrlar