So’nggi yangiliklar

22:33Ла Лига. "Реал Мадрид" "Реал Сосьедад"га қарши ўйин учун бошланғич таркибини одатдагидек эрта эълон қилди  0 22:11Ўзбекистон футзал термаси Осиё кубоги бронза медали учун Тожикистонга қарши ўйнайди (турнир сеткаси)  4 21:57U-23 Осиё кубоги. Ироқ – Вьетнам. Таркиблар аниқ!  10 21:35Футзал бўйича Осиё Кубоги. Ўзбекистон финал остонасида Эронга пенальтилар сериясида мағлуб бўлди  90 21:33Ўзбекистон U-23 Осиё кубоги ярим финалида Индонезияга қарши баҳс олиб боради (турнир сеткаси)  39 21:14U23 Осиё кубоги. ҒАЛАБА! Ўзбекистон қийин кечган ўйинда Саудия Арабистонини мағлуб этиб ярим финалга чиқди! Олимпиадага бир қадам қолди  424 20:47Тен Хаг бир неча нашрларга ўзи иштирокидаги матбуот анжуманларида савол беришни таъқиқлади  1 20:00"Бавария" мухлислари Тухель қолишини исташади  4 19:41Роналду "Манчестер Юнайтед"да Рангникка ультиматум қўйган  18 19:23Максим Шацких: "Асосийси кейинги босқичга йўл олдик. Ўйин ҳақида эса гапиришни истамайман"  9 19:18Ўзбекистон Кубоги. "Нефтчи" – "Металлург" 1:1. Highlights  0 19:05Бошкович: "Ғалаба қозондик, аммо кўрсатган ўйинимиздан хафаман"  2 19:02Ўзбекистон Кубоги. "Пахтакор" – "Сўғдиёна" 2:3. Highlights  0 18:45Ўзбекистон Кубоги. "Арал" "Цемент"чига "хоҳлаганича" гол урди, "Қўқон-1912" "Жиззах"ни ютолмади ва гуруҳда қолиб кетди  2 18:35Футзал бўйича Осиё Кубоги. Таиланд – илк финалчи, Тожикистон 3-ўрин учун ўйнайди  6

Xira o'yin Yangiliklar

Xira o'yin

Livanga qarshi qiyin, ammo yaqin kelajakda murabbiyga tegishli xulosalar chiqarishda yordam beradigan o'yinni o'tkazdik.

Avstraliyadagi yig'in doirasidagi ilk uchrashuvda Livan to'sig'i ko'pchilik uchun osondek ko'ringandi. Biroq Kuper tanlagan taktikadan kelib chiqqan holda shuni aytish mumkinki, mazkur bahsda bizga oson bo'lmasligi avvaldan malum edi.

Tarkib va maydondagi joylashuv haqida qisqacha. Barchasi avvalgidek, yani Kuper kelganidan buyon o'zgarmayotgan 4-2-3-1 sxemasida boshlandi.

Darvozada Suyunov, himoya markazi Krimec va Ismoilov tandemida, o'ng qanot Hoshimovga ishonilgan bo'lsa, chapda Kozakka imkoniyat berildi. Tayanch nuqtasida Hamrobekov va SHukurov tandemi. "Lokomotiv" yarim himoyachisi uchun yangi nuqta sanalgan chap qanot vingerida Aliboev, o'ngda Hamdamov. Hujumchi ortida Sidiqov va markaziy hujumda Bikmaev boshlang'ich tarkibda tushirildi.

O'FA matbuot xizmati tarkib elon qilishda esa xatoga yo'l qo'ydi. O'FA rasman elon qilgan tarkibda Doston Tursunov qo'yilgandi, o'yin boshlanganidan so'ng Tursunov bilan Hamdamov adashtirib yuborilgani malum bo'ldi.

Tashkilot matbuot xizmati futbolchini tanimasligi uyatli holat albatta. Bu esa o'yingacha terma jamoamiz yangi uslubda o'ynashi mumkinligi xulosasini ham berdi. Uchrashuvga qadar terma jamoamizning yangi sxemada qanday joylashuvini ham tahlil qilishga ulgurgandim. Biroq uchrashuv boshlangach barchasi xato evaziga yuzaga kelgani malum bo'ldi. Ammo O'FA matbuot xizmati o'sha elon qilingan tarkib borasida tuzatish bermadi. Bu shunchaki Hamdamovni Tursunovga adashtirib yuborish emas, balki maydondagi joylashuvni pozicion tarafdan ham o'zgartirib yubordi. SHu boisdan ham xato tufayli tarkib noaniq tahlil qilindi. Buning uchun muxlislardan uzr so'rayman.



O'yinga kelsam, Kuper kutilganidek o'z ananasiga sodiq qolgan holda Livan bilan ham ikkinchi raqam ostida harakat qilishni maqul ko'rdi. Radulovich esa ushbu imkoniyatdan foydalangan holda Livanning hujum chizig'idagi ijodkorligini tekshirib, charxlab oldi.

O'yin Livan terma jamoasining to'liq nazorati va ustunligida o'tdi. Biz esa asosan mudofaa chizig'imiz chidamini oshirib oldik. To'psiz o'ynagan o'yinimizda qarshi hujumda taktikasiga tayandik. Ammo Kuper o'ylaganidek qarshi hujum rejasidan foydalana olmadik. Qanotlar kutilganidek faol ishlamadi. Markazda esa Ahmedovning o'rni yaqqol sezilib qoldi.

Ochig'i, o'yin tasviri xira bo'lgani uchun uchrashuvdagi barcha vaziyatlarni yoki epizodlarni to'liq ko'rish imkoniyati bo'lmadi. Ammo shunday bo'lsada "Sport" kanalining yutubdagi sahifasida uzatilgan tasvirda imkon qadar uchrashuvni kuzatdik. O'yin ham tavsirga monand xira bo'ldi. To'g'ri, tasvir uzrli sabablarga ko'ra shunday ko'rinish oldi. Keyingi bahsdan tasvir sifati va formati o'zgaradi. O'yin sifatini ham o'zgarishtirish mumkin va bu murabbiyga bog'liq. 

Aytmoqchi bo'lganim, biz bugun Kuper istagandek o'ynadik. Bu uslub va o'yin ko'pchilikka yoqmayapti. O'yinimiz chiqmaganiga bahona qidirish yoki uni oqlamoqchi emasman. Bu murabbiy tanlagan yo'l. Kuper jamoani shu uslubda Osiyo Kubogiga tayyorlamoqda. Bugungi o'yindagi yaxshi holat shuki, jamoa bir kishi kam bo'lib qolgan vaziyatda ham himoyada bardoshli o'ynadi. Bosimga chidamlik yanada oshirildi. Kuper ko'rmoqchi bo'lgan jihatlardan biri aynan shu.

Biz ko'rmagan, potencialimizni payqamagan jihatlarni murabbiy nazariy taraflama ko'rib, o'sha qirralarni qita chempionatida namoyon etmoqchi. Kuper bizning kuchimiz va natijaga eltuvchi yo'lni ikkinchi raqam ostida ko'rmoqda. Bu qanchalik to'g'ri yoki noto'g'riligi BAAda o'tadigan qita chempionatida bilib olamiz.

Qayd etish kerakki, Livanga qarshi bellashuvda darvoza tomon umuman aniq zarba yo'llay olmadik. Har qanday uslub yoki taktikada o'ynamaylik, Livan bilan bo'ladigan uchrashuvlarda to'g'ri zarba bermaslik uyat. Kuperni aynan shu jihat ham ko'proq o'ylantirishi shart!

Bugungi o'yindagi ko'ngilni xira qilgan jihat - Anzur Ismoilovning jarohati. Aynan etakchi himoyachimizning safdan chiqqani kishini havotirga soladi. SHuningdek, o'rtoqlik bahsi bo'lsada Hoshimovning keraksiz joyda qo'pollik ishlatgani yana bir bor pand berdi. To'g'ri, bu natija hech qanday ahamiyatga ega bo'lmagan bahsda sodir bo'ldi. Biroq jamoa aniq yo'nalish va ko'rsatma asosida o'ynayotgani payt butun rejalarni o'zgartirib yuborish yaramaydi. Futbolchi aynan professionalligi bilan ham ajralib turadi. Kuper aynan shu holatni ham yon daftarchasiga qayd etib qo'ygan bo'lsa ajab emas.

Bugungi bahsda Ismoilov va ayniqsa Suyunov o'zini har tomonlama yaxshi ko'rsatdi. Livandan mag'lubiyatga uchramaganimizga eng ko'p hissa qo'shgan futbolchi kiperimiz Eldorbek Suyunov bo'ldi.

Kamchiliklar, muammolar va murabbiylar uchun chiqarilishi kerak bo'lgan xulosalar etarlicha, chamamda. SHu boisdan xulosa chiqarishga shoshilmaymiz. Muhimi, Kuper to'g'ri xulosaga kelishi lozim.


Muallif :
Reyting: -51   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика