Xiddink Gollandiya terma jamoasi bilan ikki yillik shartnoma imzoladi
25 mar 2014 09:50
Yangiliklar


Xiddink Gollandiya terma jamoasi bilan ikki yillik shartnoma imzoladi
Gollandiyalik murabbiy Gus Xiddink o'z yurti futbol ittifoqi bilan ikki yillik shartnoma imzoladi.
SHu tariqa, 67 yoshli murabbiy Gollandiya terma jamoasini Evro-2016 yakunigacha boshqaradigan bo'ldi.
Malumotlarga ko'ra, ikki yildan so'ng uning o'rnini yordamchilaridan biri – Danni Blind egallaydi.
Xiddinkning yana bir boshqa yordamchisi esa yaqin o'tmishning mashhur hujumchilaridan biri Rud van Nistelroy bo'ladi.
Eslatib o'tamiz, Xiddink terma jamoani JCH-2014 musobaqalaridan keyin qabul qilib oladi.

Fikrlar