"Xetafe" Luis Suaresga shartnoma taklif qilmoqchi

Alisher
1 yanv 2020, 13:45
"Xetafe" Segundaning ikkinchi to'purari Luis Suaresga qiziqmoqda.

22 yoshli kolumbiyalik futbolchi klubi safida joriy mavsumda 13ta gol urdi.

Futbolchi "Saragosa"da ijara asosida o'ynamoqda. Uning transfer huquqi "Uotford" klubiga tegishli.

Uning ingliz klubi bilan tuzgan shartnomasi 2020 yilning yoziga qadar mo'ljallangan.

Suaresga shuningdek bir necha La Liga klublari qiziqmoqda.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: AS