So’nggi yangiliklar

11:40Пул йўқ: энди нима бўлади?  0 11:24"Трактор" хорватиялик мураббийи билан хайрлашди  1 10:49Уэйн Руни МЮга қайтишга тайёр  4 10:20Жанубий кореялик футболчига Лондон грандлари қизиқиш билдирмоқда  0 09:51АПЛ грандлари Клоппга расмий таклиф билан чиқишган  0 09:22ФИФА хавотирда  13 08:53Флик кечаги кутилмаган мағлубият сабабини айтди  26 08:24"Реал" етакчиларидан бирининг жароҳати жиддий бўлиб чиқди  2 08:20Элит ОЧЛ. "Шаржа" - "Насаф" 1:2  2 08:10Ла Лига. "Жирона" - "Барселона" 2:1  7 07:55Sofascore. "Насаф"нинг кечаги учрашувдаги энг яхши ўйинчиси ким бўлди?  2 07:27Рўзиқул Бердиев кечаги учрашувдаги ғалабадан сўнг нималар деди?  9 03:05"Жирона" "Барселона"ни мағлуб этди! Ямалда омадсиз пенальти, якунда эса муштлашув  172 02:22Элит ОЧЛ. Саудияда голлар шоуси, Нуньеснинг бенефиси ва Ироқда супер камбэк  2 01:46Англия Кубоги. 1/8 финал жуфтликлари маълум бўлди  4

Messi va Fati o'ynamagan bahsda "Barselona" g'alaba qozondi Yangiliklar

Messi va Fati o'ynamagan bahsda "Barselona" g'alaba qozondi

Teglar :  BarselonaXetafe
Ayni damda Primero doirasida "Xetafe" - "Barselona" uchrashuvi bo'lib o'tdi.

"Xetafe" - "Barselona" 0:2

Gol: Luis Suares (41), Firpo (50).

Xetafe": Soriya, Djene, Nom (Kenedi, 46), Bruno Gonsales, Kukurelya, Djeyson (Portilo, 72), Arambarri, Maksimovich, Suares, Anxel Rodriges, Mata (Molina, 58).

"Barselona": ter Stegen, Langle, Firpo, Pike, Serdji Roberto, de Yong, Artur, Buskets (Rakitich, 80), Karles Peres (Todibo, 86), Suares, Grizmann (Semedu, 75).

Ogohlantirishlar: Bruno (35), Buskets (44), Langle (47), Maksimovich (64), Kenedi (64), Serji Roberto (77).

CHetlatish: Langle (83).


Uchrashuv yakunlandi. "Barselona" nihoyat safarda ham g'alabaga erishdi. Ajoyib o'yin uchun ikki jamoaga ham tashakkur bildiramiz.

90+3. Ikki tomon ham taslim bo'ldi. O'yin markazda kechmoqda.

Bosh hakam ikkinchi bo'limga 4 daqiqa qo'shib berdi.

85. ZARBAAAAAA!!! Anxelning boshi bilan bergan zarbasi biroz noaniq ketdi.

81. "Xetafe"ning burchakdan uzatgan to'pini "Barsa" himoyachilari qaytardi.

76. "Barselona"ning bosimidan "Xetafe" chiqib ketdi.

71. De Yong sherigi Peresga to'pni ajoyib tarzda oshirib bergandi. Karlesning zarbasi noaniq ketdi.

68. Suaresning zarbasini "Xetafe" posboni ushlab oldi.

64. Bir vaziyatning o'zida Kenedi va Maksimovich ogohlantirildi.

62. Xavfli vaziyat! Suares raqib posboni bilan birga bir vaziyatga chiqib bordi va zarba berdi. To'pni posbon qaytardi. Bungacha urugvaylik futbolchi qo'li bilan to'pni o'ynagani uchun xushtak chalingandi.

57. O'yin surati tushib ketdi. Vaziyatlar juda kam. "Xetafe" futbolchilari ruxan sindi.

50. GOOOOOOOLLLL! Firpo darvozabondan qaytgan to'pni darvozaga joylab qo'ydi, 0:2!

47. Langle ham ogohlantirildi.

Ikkinchi bo'lim boshlandi!

Birinchi bo'lim yakunlandi. Hozircha hisob 0:1!

45. Peresning qanotdan uzatgan pasiga Suares zarba berdi. Biroz noaniq.

44. Raqibini yiqitgani uchun Busketsga sariq kartochka berildi.

41. GOOOOOOOOOOOLLLL!!! Ter-SHtegenning ajoyib to'p uzatishidan keyin Luis Suares raqib posboni bilan birga bir holatga chiqib borib, to'pni uning ustidan tashlab qo'ydi, 0:1!

35. Bruno Gonsales raqibi Luis Suaresga qarshi fol ishlatgani uchun sariq kartochka bilan jazolandi.

30. "Barselona" mudofaada juda pala-partish o'ynamoqda. Avvaliga Buskets, keyinchalik Pike jarima maydonchasi ichida juda qaltis o'ynadi. Natijada to'p oldirib qo'yildi. Keyinchalik "Xetafe" futbolchisining bergan zarbasi anchagina noaniq ketdi.

27. Endi "Xetafe" standartdan unumli foydalana olmadi. Jarimadan oshirib berilgan to'pga Mata zarba berdi. To'pni himoyachilar qaytardi.

25. "Barselona"da standart vaziyat yuzaga kelgandi. Grizmann oshirib bergan to'pni himoyachilar qaytarib yuborishdi.

23. Suaresning zarbasi biroz noaniq ketdi.

22. Xavfli vaziyatttttt!!!! Mata "Barsa" posboni bilan birga bir vaziyatga chiqib bordi va zarba berdi. To'pni ter SHtegen qaytardi.

16. ZARBAAAAAAA!!! Suares birga bir vaziyatdan unumli foydalana olmadi. U to'pni Peresga ham oshirib bersa bo'lardi.

14. O'yinning surati juda yuqori. Tomonlar ko'plab vaziyatlarga ega bo'lishmoqda.

11. ZARBAAAAAA!! Karles Peres raqiblarni xato qilishga majbur etdi va to'pni egallab olib, darvoza tomon zarba berdi. To'pni posbon qaytardi.

10. Qanotdan oshirib berilgan to'pga Anxel zarba berdi. To'p noaniq ketdi.

1. Uchrashuv boshlandi!

Reyting: +9   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика