Xeski: "Yosh futbolchilarga tajribalarini oshirishda yordam bermoqchiman"
27 dek 2014 23:04
Yangiliklar


Xeski: "Yosh futbolchilarga tajribalarini oshirishda yordam bermoqchiman"
36-yoshli tajribali hujumchis Emil Xeski o'zining "Bolton"dagi dastlabki o'yini haqida gapirib berdi.
Yoshligimda Nil Lennon va Garri Parkerlar bilan birga o'ynash nasib etgan. Parker meni o'z oldiga chaqirib, o'z jamoasi bilan shug'ullanishimni istashini aytdi. Keyin esa jamoa bilan rasman shartnoma tuzdim.
Yosh futbolchilarga katta futbolga kirib kelishda va tajribalarini oshirishda yordam bermoqchiman. Eydur Gudonsen bilan birgalikda "Bolton"dagi yoshlarga jahon darajasidagi futbolchi bo'lib etishishlariga yordam bermoqchimiz. Biz o'z faoliyatimizda juda ko'p narsalarni ko'rganmiz. O'ylashimcha, shu boisdan ham bizni jamoaga taklif etishdi.
Eslatib o'tamiz, Emil Xeski o'zining debyut o'yinidayoq "Blekbern" jamoasiga darvozasiga gol kiritishga muvaffaq bo'ldi.

Fikrlar